AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroilning Eronga hujumlari töxtamasligini aytdi. Bu haqda u Kanadadagi G7 sammitidan qaytayotgan Air Force One One bortida jurnalistlar bilan suhbatda söz oçdi.
Tramp Eron yadroviy dasturiga “haqiqiy yeçim” izlayotganini va Yaqin Şarqdagi vaziyatni Oq uydagi favqulodda vaziyatlar xonasidan kuzatib borişini qayd etdi.
Prezidentning sözlariga köra, u Kanadani tark etayotganda Eron bilan sulh tuzişga intilayotganini aytmagan, biroq Tehron yadroviy qurol yaratiş rejalaridan butunlay voz keçişini istayotganini taʼkidlab, bu masalani “haqiqiy” hal qilişga çaqirgan.
“Keyingi ikki kun içida bilib olasiz. Hozirça heç kim tezlikni pasaytirgani yöq”, deb aytgan Tramp.
U odamlar xavfsizligi, jumladan Tehronning evakuatsiya qilinişidan xavotirda ekanini qöşimça qildi. Şimoliy Koreya yoki Rossiyadan Eronga yordam belgilari bormi, degan savolga esa u şunday javob berdi:
“Men bunday narsani körmaganman”.
Tramp Eron yadroviy qurol yaratişga “juda yaqin” ekanini taʼkidlab, yopiq havo hududi şaroitida amerikaliklarni mintaqadan evakuatsiya qiliş çoralari körilayotganini aytdi.
“Biz qölimizdan kelgan barça işni qilyapmiz”, dedi u.
Prezident Moliya vaziri Skott Bessent va boşqa bir qança vakillar Qöşma Ştatlar nomidan G7 yetakçilari bilan uçraşuvda qolganini qöşimça qildi.
U, şuningdek, sammit deklaratsiyasining yakuniy matnini körmaganini, lekin “ularga maʼlum pozitsiyalarni aytişga ruxsat berganini” taʼkidladi.
Eron bilan muzokaralar olib boriş uçun AQŞning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff yoki vitse-prezident Jeyms Devid Vensni yuboriş imkoniyati haqidagi savolga Tramp bu imkoniyatni inkor etmadi:
“Bu men qaytib kelganimda nima bölişiga boğliq”.
Prezident, şuningdek, Eron “Amerika harbiylariga tegmaslik kerakligini biladi”, çunki AQŞ öz fuqarolariga hujum qilingan taqdirda “qattiq javob” berişini aytdi.
Amerika aralaşuvi Eronning yadroviy dasturini yöq qiladimi, degan savolga Tramp undan ança oldin yöq qilinişiga umid qilişini aytdi.









