Google Isroilning talabi bilan ayrim xizmatlarini öçirdi

Google Isroilning talabi bilan ayrim xizmatlarini öçirdi

Google Isroil harbiylari talabiga köra, Isroil va Ğazo sektoridagi Google Maps va Waze ilovalaridagi trafik maʼlumotlarini öçirib qöydi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar bermoqda.

“Biz mojaroli vaziyatlarda va mintaqadagi xavfsizlik nuqtai nazaridan real vaqt rejimida yöllardagi harakat va tirbandlik haqidagi maʼlumotlarni köriş imkoniyatini vaqtinça öçirib qöydik. Buni ilgari boşqa mojaroli holatlarda ham qöllaganmiz”, deya kompaniya vakilining sözlarini keltiradi agentlik.

Bunday qarorning sababi şundaki, real vaqt rejimida yöl harakati maʼlumotlari Isroil qöşinlari harakati haqidagi maʼlumotlarni oliş uçun işlatilişi mumkin. Nomi oşkor etilmagan agentlik manbasiga köra, Google Isroil mudofaa kuçlari talabiga binoan yöl harakati haqidagi maʼlumotlarni öçirib taşlagan.

“Bloomberg” naşri Google ötmişda ham şunga öxşaş amaliyotni qöllagan – u 2022 yilning mart oyida Ukrainada xuddi şu xizmatlarini öçirib qöygan edi.


×