Isroilning Ğazo şahri şarqida joylaşgan Al-Tuffah mahallasidagi köçirilgan aholi boşpana topgan maktabga uyuştirgan hujumi oqibatida 5 nafar falastinlik halok böldi. Bu haqda “Reuters” naşri xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, halok bölganlarning aksariyati bolalar bölgan. Şuningdek, bir neçta jarohatlanganlar davolaniş uçun şifoxonalarga yetkazilgan.
Fuqarolik favqulodda xizmati jasadlarni faqat BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi (OCHA) Isroil tomoni bilan kelişuv ötkazgaçgina olib çiqişga muvaffaq bölganini bildirgan.
TSAXAL hujumga izoh berar ekan, belgilangan sulh çiziğidan taşqarida joylaşgan boşqaruv tuzilmalarida şubhali şaxslar aniqlangani, şundan söng isroillik harbiylar ularga qarata öq uzganini maʼlum qilgan.
“TSAXAL uşbu hududdagi qurbonlar haqidagi daʼvolardan xabardor va hozirda holat tafsilotlari örganilmoqda”, deyiladi Isroil harbiylari bayonotida.
HAMAS hujumni “vahşiy jinoyat” deb atab, uni sulh kelişuvining yana bir bor buzilişi sifatida baholagan.
Soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotiga köra, uşbu beş kişi bilan birga, oktyabr oyida sulh boşlanganidan beri Isroil öqi oqibatida halok bölgan falastinliklar soni 400 nafarga yetgan.
Isroil esa şu davr içida Ğazoda HAMAS tomonidan uç nafar isroillik askar öldirilganini bildirgan.









