Zelenskiy idorasi Rossiyaga qarşi dron hujumlari kuçayişini eʼlon qildi

Zelenskiy idorasi Rossiyaga qarşi dron hujumlari kuçayişini eʼlon qildi

Ukraina Qurolli Kuçlarining dronlari tomonidan Rossiya hududiga hujumlar soni ortadi. Bu haqda keça, 1 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatçisi Mixail Podolyak “Reuters” agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Podolyak ayni damda Moskva bilan tinçlik muzokaralari ötkaziş imkoniyatini rad etib, bu boradagi har qanday aloqalar Kiyev tomonidan “taslim böliş”ni anglatişini aytgan.

“Rossiya Federatsiyasi hududidan uçirilgan dronlar hujumi soni ortib bormoqda va bu hujumlar soni yanada köpayadi. Harbiy harakatlar bosqiçma-bosqiç Rossiya Federatsiyasi hududiga ötadi”, degan Podolyak.

Qayd etiş joizki, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 27 avgust kuni Ukraina armiyasi jangovar harakatlarni Rossiya Federatsiyasi hududiga ötkaza olmasligini, çunki bu öz mamlakatiga xalqaro izolyatsiya bilan tahdid qilişini aytgan. Biroq Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov Prezidentning pozitsiyasini qöllab-quvvatlamagan. Uning sözlariga köra, mojaro “boşqa hududga” yaʼni Rossiya va uning taʼsiridagi boşqa hududlarga köçirilişi kerak.


×