Mirziyoyev Eronga qilingan hujumlarni qoraladi

Mirziyoyev Eronga qilingan hujumlarni qoraladi

Ötgan oyda Eron Islom Respublikasiga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar butun mintaqani uruş girdobiga tortiş, keng miqyosdagi ekologik halokat öçoğining vujudga keliş xavfini tuğdirdi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 4 iyul kuni Ozarbayjonning Xonkendi şahrida bölib ötayotgan Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammitida söz oçdi.

“Bugungi sammitimiz butun dunyo hamjamiyati keskin inqirozni boşidan keçirayotgan murakkab bir şaroitda bölib ötmoqda.
Ayniqsa, aksariyat ziddiyat va nizolar aynan bizning Taşkilotimiz makonida sodir bölayotgani fikrimizning yaqqol isbotidir. Sönggi oylarda Janubiy Osiyo va Yaqin Şarqda yuz bergan voqealar barçamizni çuqur taşvişga solmoqda”, dedi Özbekiston yetakçisi.

Uning aytişiça, xalqaro huquq va global xavfsizlik institutlarining tanazzuli muloqot va hamkorlikni yanada zaiflaştirib, kuç işlatiş va zöravonlikka keng yöl oçmoqda. Şavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti aʼzosi bölgan Eron Islom Respublikasiga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar butun mintaqani uruş girdobiga tortiş, keng miqyosdagi ekologik halokat öçoğining vujudga keliş xavfini tuğdirganini ham taʼkidladi.

“Eron va Isroil örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça erişilgan kelişuvni qöllab-quvvatlaymiz. Uşbu qarorni mintaqadagi keskinlikni yumşatiş, xavfsizlikni tiklaş yölidagi muhim qadam sifatida baholaymiz.
Bu kelişuv barça muammolarni diplomatik va konstruktiv muzokaralar yöli bilan hal etiş uçun mustahkam zamin yaratişiga işonamiz”, dedi Prezident.

Şuningdek, Mirziyoyev ommaviy qirğin qurollarini tarqatmaslik va ularni işlatişdan tiyiliş xalqaro xavfsizlikning eng dolzarb masalasi ekanini inobatga olib, dunyo hamjamiyatini yana bir bor yadro qurolidan xoli hududlar geografiyasini kengaytirişga çaqirdi.

“Taʼkidlaş joizki, Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Şarqdagi tinçlik va barqarorlikka erişiş mumkin emas.
Biz Ğazo sektorida harbiy harakatlarni töxtatiş, oçlik va ğayriinsoniy şaroitdan azob çekayotgan aholiga gumanitar yordam körsatişga heç qanday tösiq qöymaslik, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq mustaqil Falastin davlatini taşkil etiş tarafdorimiz”, dedi Özbekiston Prezidenti.


Teglar:
×