Ertaga, 4 iyul AQŞning Mustaqillik kuni munosabati bilan mamlakatning köplab şaharlarida Prezident Donald Tramp siyosatiga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu haqda “Axios” xabar berdi.
Naşr maʼlumotlariga köra, “Amerikaga ozodlik” nomi ostida ötkaziladigan bu mitinglar mamlakatning Mustaqillik kuniga töğri keladi. Taʼkidlanişiça, bu harakatlar Tramp maʼmuriyatidan norozilik kayfiyatining kuçayib borayotgan fonida avvalgi norozilik tölqinining qayta boşlanişi sifatida qaralmoqda.
Aktsiya taşabbuskori sifatida “Ayollar yurişi” taşkiloti körsatilgan. Ular öz veb-saytida rejalaştirilgan norozilik tadbirlari haqida maʼlumot joylaştirgan. Taşkilotçilar mitinglar, yurişlar, bannerlar iliş, raqsli norozilik çiqişlari va mahalliy bayramlarni ötkazişga çaqirmoqda.
Hozirgaça mamlakat böylab 200 ga yaqin tadbir rejalaştirilgan, bu esa yaqinda ötkazilgan “Qirollarga yöq” protestlariga nisbatan qiziqişning nisbatan past ekanini körsatmoqda.
“Taniqli ozodlik va quvonç qöşiqlari bilan 4 iyul kuni biz köçalarga çiqamiz. Amerika ozodligi orzusi barçamizga tegişli va biz bu vaʼdaning röyobga çiqişi yölida töxtamaymiz – na hozir, na heç qaçon”, deyiladi taşkilot saytida.
“Ayollar yurişi”, şuningdek, bu harakatlar “AQŞni milliarderlar hokimiyati, qaşşoqlik, noqonuniy farmonlar va qörquv siyosatidan ozod qiliş”ga qaratilganini bildirgan. Şu bilan birga, “Axios” naşri Oq uydan rejalaştirilgan namoyişlar böyiça izoh söragan.
“Prezident Tramp qariyb 80 million ovoz oldi va Amerikani yana buyuk qiliş böyiça tarixiy mandatni qölga kiritdi – u buni katta miqyosda amalga oşiryapti”, degan Oq uy vakili Liz Xyuston öz bayonotida.









