Portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronaldu “Yuventus”dan ketmoqçi.
Bugun, 22 avgust kuni Turinning “Yuventus” klubi Italiya çempionatining 1-turida “Udineze” bilan bahs olib boradi. Ronaldu esa uçraşuvni zaxira örindiğida boşlaydi. Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning sözlariga köra, bu portugaliyalikning şaxsiy sörovi.
Hujumçi yoz oxirigaça klubni tark etişga umid qilmoqda. Biroq, “Yuventus” hozirça Ronaldu uçun birorta klubdan rasmiy taklif olmagan.
Avvalroq, boş murabbiy Massimiliano Allegri Ronalduning “zebralar” safida qoliş istagida ekanini aytib ötgan edi.
Maʼlumot uçun, Ronaldu “Keksa sinora” safida 97 uçraşuvda maydonga tuşib, 81 marta raqiblar darvozasini işğol etgan.









