Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarusga yetib borgani haqida xabar bergan edik.
Şavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning taklifi bilan “Zaslavl” davlat rezidentsiyasida böldi. Bu haqda “Belta” xabar berdi.


Davlat rahbarlari rezidentsiya böylab sayr qilib, keyin sovğalar almaşişgan. Lukaşenko Mirziyoyevga “Belarus” pannosi va milliy kaştadözlik namunasini sovğa qilgan. Uning kenja öğli Nikolay esa Özbekiston Prezidentiga zubr haykalçasini sovğa qilgan.


Şavkat Mirziyoyev öz navbatida Belarus rahbariga xokkeyçi haykalini hadya qildi. Aniqroği, Lukaşenkoning xokkeyçi qiyofasidagi haykalini sovğa qildi.

Prezidentlar, şuningdek, norasmiy holatda muloqot qilişgan. Taʼkidlaş joizki, uçraşuv joyi sifatida özbek naqşinkor ustalari tomonidan öyib işlangan şiyponça tanlangan. Uni Şavkat Mirziyoyev ötgan yili Aleksandr Lukaşenko Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelganida hadya qilgan edi.
Maʼlumot uçun, Davlat rahbarlarining muzokaralari 1 avgust kuni Mustaqillik saroyida bölib ötadi.
Tomonlar maşinasozlik, yengil sanoat, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, transport va IT-sohasida qöşma loyihalarni hayotga tatbiq etiş masalalarini muhokama qilişadi. Asosiy diqqat-eʼtibor mintaqalararo hamkorlikni yölga qöyiş, işlab çiqariş kooperatsiyasini çuqurlaştiriş va özaro mahsulotlar va xizmatlar savdosi uçun qulay şart-şaroitlarni yaratişga qaratiladi.
Prezidentlar birgalikda, şu kunlarda Belarus poytaxtida bölib ötayotgan Özbekiston milliy mahsulotlari körgazmasiga taşrif buyurişni rejalaştirişgan.Sunnatilla Abdullayev









