Prezident kameralar faqat jarima yoziş uçun işlayotganini tanqid qildi

Prezident kameralar faqat jarima yoziş uçun işlayotganini tanqid qildi

Sönggi yetti yilda yöl quriş va taʼmirlaşga berilgan 61 trillion sömning asosiy qismi xalqaro va respublika yöllariga töğri keladi. Lekin ölim bilan boğliq avtohalokatning 75-80 foizi ham şu yöllarda bölyapti. Bu haqda bugun, 16 iyun kuni amalga oşirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda işlarning borişi, aholini öylantirayotgan masalalarga yeçim topiş yuzasidan Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan videoselektor yiğilişida maʼlum qilindi. 

Aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi. Aholining yana bir eʼtirozi – yöllardagi kameralar dislokatsiyasi. Ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yoziş uçun işlayapti. Bu kameralar aslida transport oqimini boşqariş, tirbandlik va avariyani kamaytirişga xizmat qilişi kerakligi taʼkidlandi.

Çorraha, çiziq va yöl belgilarini töğrilaş, svetoforlarni “aqlli” boşqaruvga ötkaziş böyiça işlar sustligi tanqid qilindi. 

Poytaxtda transport harakatini sunʼiy intellekt asosida tartibga soliş böyiça taqdimot qilinganiga ham ança vaqt bölgani, lekin natija yöqligi körsatib ötildi.


×