Namangan şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatçilik vakillari, tadbirkorlar, yoşlar iştirokida yiğiliş bölib ötmoqda.
“Keyingi paytlarda anʼanaga aylanganidek, bir-birimiz bilan oçiqça gaplaşib, muammolarni mahallalardan boşlab tumanlar miqyosida örtaga taşlasak, şu asosda bir yilga reja qilib olsak, öylaymanki, uşbu yiğilişimizdan közlangan natijaga erişamiz. Eng katta maqsad-muddaomiz – odamlarni rozi qiliş. Şu bois bugun viloyat faollari, har bir tuman mutasaddilari özlarining takliflarini berişi kerak. Kelgusi yilga qanday rejalar qilamiz, qanday imkoniyatlarimiz bor, bugun şularni gaplaşamiz”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident Şavkat Mirziyoyev joylarda yutuqlar borligini, özgarişlar bölayotganini, lekin bular hali közlangan marralarga mos emasligini taʼkidladi.
“Töğri gapni gapirgan odam – islohotlarga xayrixoh. Aççiq gaplardan töğri xulosalar çiqarib yölimizni topib olişga harakat qilsak, eng katta marramiz şu böladi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Yiğilişda eskiça tuşunçada qolib ketgan rahbarlar yöq emasligi qayd etildi. Pandemiya şaroitida yuzaga kelgan inqiroz paytida iqtisodiyotni tiklaş juda oğir masala ekani, bu joylardagi ijro organlari mutasaddilaridan katta masʼuliyat talab qilişi taʼkidlandi. Namangan viloyatini rivojlantiriş böyiça eng maqbul yölni topib, iqtisodiyotni yurgiziş, iş örinlari yaratib, aholining bandligini taʼminlaş eng katta masala bölib qolayotgani aytib ötildi.
Uçraşuvda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, soha va tarmoqlarda yangi loyihalarni amalga oşiriş, investitsiyalarni jalb qiliş, kambağallikni qisqartiriş yuzasidan vazifalar belgilandi.
Avvalroq, Namangan viloyatida yangi Davlatobod tumani taşkil etilişi haqida xabar bergan yedik.









