Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev Oliy sud vakillarining fuqarolarni qabul qilmayotganini tanqid qildi.
“Afsuski bizga kelayotgan murojaatlarning aksariyati sud faoliyati va qarorlaridan norozilik bilan boğliq. Va sönggi vaqtlarda bu norozilik qatoriga Oliy sud vakillarining fuqarolar uçun qabul eşiklarini yopib, “bizda qabul yöq”, degan printsipda iş tutayotgani ham qöşildi.
Deputatlar qabulxonasida har kuni “bizni Oliy sud rahbarlari qabuliga kiriting, qabulga kira olmayapmiz”, degan gapni eşitaveriş ğalati bölarkan”, deydi deputat.
Kuşerboyev Oliy sud pandemiyani bahona qilib, “eşiklarini yopib olganini” aytarkan, mamlakatda vaziyat yaxşilaşgani, barça takilotlar fuqarolarni qabul qilişni tiklaganini taʼkidlab ötgan.
“Sudga borgan har bir fuqaro faqat adolat topişiga kafolat beramiz... Har bir insonning taqdirini hal etişda ongimizda – adolat, tilimizda – haqiqat, dilimizda esa poklik ustuvor böladi”, deya bağrikeng xalqimizga murojaat qilib, Özbekiston sudʼyalarining boşida turgan idora rahbariyati öz xalqining fuqarolarini qabul qilişdan özini tortsaya.
Yaxşiyamki, pandemiya bor ekan. Qabulni töxtatib qöyişga ayni muddao böldi. Biroq karantin tartibi yengillaşdi, barça idora va taşkilotlar fuqarolarni sanitariya talablariga rioya etgan holda qabul qilyapti. Lekin Oliy sud nega siz qabul qilmaysiz? Siz oydan tuşganmisiz, yo xalqdan ustun oliy irqdanmisiz?”, deya xitob qilgan Rasul Kuşerboyev.
U sözida davom etib, Qonunçilik palatasining yalpi majlisida xatto Spiker Nurdinjon Ismoilov ham Oliy sudning fuqarolarni qabul qilmayotganligiga eʼtiroz bildirganini eslagan. Öşanda Oliy sud raisi örinbosari Ikrom Muslimov qabul masalasida muammo yöqligini aytib, vaʼda bergan.
“Özim ham bir neça bor Oliy sudga boğlandim, muammo yöq kelsin fuqarolar deyişdi.
Natija esa viloyatlardan umid bilan kelgan fuqarolar “boring qabul qiladi”, degan gapimizga işonib, Oliy sud eşigi tagida kun böyi sarğayib vaqtini va işonçini yöqotyapdi.
Oliy sud siz parlamentni, 34 millionlik xalq vakillarini ham aldadingiz. Biz sizdan birgina narsa – öz xalqingiz fuqarolarini qabul qilişni, eşitişni söradik xolos. Şu oğirmi?”, deydi Kuşerboyev.
Deputat sudlar fuqarolar taşvişlarini eşitişi, qonun asosida adolatli qaror çiqarişi, prokuror va hokimlar “özboşimça” deb sudsiz odamlarning uyini buzişiga yöl qöymasligini kerakligini talab qilgan.
“Biz sudning çinakam mustaqil bölişini istaymiz va bu yölda ularni töliq qöllab-quvvatlaymiz. Biroq şartimiz – sud davlat idorasiga emas, avvalo fuqarolarning manfaatlariga xizmat qilsin, ularning dard-u taşvişlariga quloq tutib, qonunlarga asosan adolatli qaror qabul qilsin. Sud boşidagilar öz işini unutib turizmni tarğibot qiliş uçun toqqa borib sudsiz odamlarning uyini özboşimça, deb prokuror va hokim bilan uylarni buzdirmasin, Özbekistonni dunyoga şarmanda qilmasin!”, degan xalq vakili.
Kuşerboyev sözi sönggida Oliy sud rahbarlariga qarata quyidagilarni aytib ötgan:
“Qiyin bölsa ham adolat yölida işlayotgan vijdoni borlaridan uzr söragan holda fuqarolarni qabul qila olmaydigan Oliy suddagi janoblarga köpçilik nomidan ohirgi savol: siz özi kimga xizmat qilayapsiz? (faqat xalqqa, demang iltimos!)
P/S: Bizni populizm va asossizlikda ayblab, idorama-idora şikoyat qiliş va falonça fuqaroni qabul qilib taşladik, degan statistika bilan “reaktsiya” qilib, özingizni oqlaşdan avval fuqarolarni qabul qilişni boşlang. Mayli şunda biz populist va yolğonçi bölişga rozimiz, faqat siz fuqarolarni qabul qiling va eşiting!”









