Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Nukus şahrida Qoraqalpoğistonni har tomonlama rivojlantiriş böyiça yiğiliş bölib ötmoqda. Bu haqda Prezident rasmiy sayti xabar berdi.
Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Vazirlar Kengaşi, şahar va tumanlari sektor rahbarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari iştirok etmoqda.
Barça soha va hududlarda, jumladan, Qoraqalpoğistonda ham ijobiy sifat özgarişlari taʼminlanmoqda. Birinçi yarim yillikda yalpi hududiy mahsulot 7,2 foizga, qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş 5,4 foizga, quriliş işlari hajmi 45 foizga ösgan.

Prezidentimiz hududda hali jiddiy muammolar köpligini, sanoatni rivojlantiriş, iş örinlarini köpaytiriş böyiça işlar yetarli emasligini taʼkidladi.
- Bu yerga qarsak uçun emas, işlaş uçun, xalqimiz közini köriş uçun keldim, - dedi Şavkat Mirziyoyev. - Dunyoqaraşini özgartirmagan sektor rahbarlari oyoğimizga kişan. Işga kirgan bitta xotin-qizning baxtini tasavvur qilasizlarmi? Yoşlarni kim yetaklaydi, töğri yönaliş beradi? Möynoq misolida kördilaringiz. Odamlarning közlarida «qilsa bölar ekan-ku» degan nur bor. Lekin endi bu tarix. Hamma tumanlarda şunday özgarişlar qiliş kerak.
Birinçi yarim yillikda Qoraqalpoğistonda sanoat işlab çiqariş hajmi atigi 0,5 foizga ösgani, Taxtaköpir, Şumanay, Nukus, Çimboy, Törtköl, Kegayli tumanlarida sanoat deyarli yöqligi tanqid qilindi. Xizmat körsatiş, tadbirkorlik rivoji ham sustligi körsatib ötildi.
- Oxirgi uç yil mobaynida tub islohotlar natijasida köplab sohalarni erkinlaştirdik, ularning rivojiga xalaqit bergan çeklovlarni bekor qildik. Qoraqalpoğistonda ham har bir sektor rahbari çeklovlarni bekor qilaman, tadbirkorga xizmat qilaman, degan qoida, şior bilan işlaşi kerak, - deya taʼkidladi Prezident.
Manba: xabar uz









