Toşkentdagi 110 mingta uyni buziş boşlandimi?

Toşkentdagi 110 mingta uyni buziş boşlandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida 110 mingta uy buzilişi boşlangani haqida xabarlar tarqaldi. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bunday xabarlarni rad etdi.

Bildirilişiça, ayni kunlarda mamlakatimizda köp qavatli uy-joy fondining seysmik holatini örganiş va baholaş işlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini taʼminlaş maqsadida profilaktik tarzda amalga oşirilmoqda.

“Hozirda heç qanday rasmiy hujjatlarga ega bölmagan bitta obʼektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan. Fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş maqsadida uşbu obʼekt böyiça belgilangan tartibda tegişli çora-tadbirlar körilgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, ayni vaqtda ommaviy ravişda uy-joylarni buzişga oid heç qanday qaror yoki reja mavjud emas.

“Fuqarolardan işonçsiz manbalar orqali tarqalayotgan asossiz xabarlarga işonmaslik va rasmiy maʼlumotlarga tayaniş söraladi. Yolğon axborot tarqatganlik uçun esa qonunçilikda javobgarlik belgilanganini eslatib ötamiz”, deyiladi vazirlik munosabatida.


Teglar:
×