Özbekistonda jurnalistlarga qarşi “ov” boşlandimi?

Özbekistonda jurnalistlarga qarşi “ov” boşlandimi?

Şu kunlarda Effect.uz internet-naşrining Surxondaryo viloyatidagi jurnalisti Farxod Ismoilovning yaşaş xonadoni IIB xodimlari tomonidan tintuv qilingan. Tintuv işlari viloyat prokurorining 1-örinbosari adliya katta maslahatçisi B.N.Qurbonovning 3 fevraldagi “tintuv ötkaziş haqidagi” qarori bilan amalga oşirilgan.

Bunga Farhod Ismailovning Surxondaryoda “tovlamaçilik yöli” bilan dehqon bozori rahbaridan 5 mln sömlik telefon talab qilgan bloger Otabek Sattoriy bilan şerikligi sabab bölişi mumkin.

Jurnalist Farxod Ismailov mazkur hodisa haqida şunday deydi:

“2 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB tergovçisi meni izlayotgani haqida eşitdim. Dastlab, çaqiruv qoğozi berilmagan, mahkamaga kim sifatida çaqirilayotganim ham nomaʼlum. Albatta, qonunga itoat etuvçi fuqaro sifatida Içki işlar idorasiga keç soat 19:00 dan keyin yetib bordim.

Aytganimdek, meni Içki işlar idorasiga borişim haqida rasmiy çaqiruv qoğozi mavjud emas edi, uni rasman körganim yöq. Şunday bölsada, Içki işlar idorasiga borganimda kim sifatida çaqirganliklariga tegişli bölgan savolimga heç kimdan qoniqarli javob ola bilmadim.

Men soat 19:40 dan boşlab soat 23:15 gaça, uç yarim soat davomida söroqqa tutildim. 3 fevral kuni, 16:00 çamasida yaşab turgan xonadonimga bir guruh huquqni muhofaza qiluvçi idoralar vakillari kelib uyni tintuv qilişganlari eşitdim. Bu vaqtda esa uyda bölmaganman.

Zudlik bilan uyga yetib borganimda, tintuv jarayoni iştirokimsiz ötkazib bölingan edi. Tintuv ötkaziş uçun kelgan guruhning vakillariga uçraşdim. Ular menga özlarini taniştirmadi, ulardan Içki işlar tizimi vakillari olib borgan tintuvni ötkazişga sabab bölgan qaror yoki kimningdir şikoyat arizasini taqdim qilişlarini söradim.

Muloqot jarayonida tintuv guruhini boşqarayotgan maʼsul şaxs menga tintuv qonuniy tarzda ötkazilayotganligini, tintuv ötkaziş haqidagi bayonnomaga qonuniy imzo çekilganligini, tintuv bayonnomasini bir nusxasi taqdim qilinganligini aytdi.

Qanday qilib, yaşaş xonadonimda ötkazilayotgan tintuvdan biroz avval xabar topgan bölsam, qanday qilib, bayonnoma bilan tanişib, bir nusxa olib, imzo çekkan bölişim mumkin?

Ularga tintuv ötkaziş bayonnomasidan bir nusxa berişlarini qaytadan talab qildim va şundan söng tintuv bayonnomasining nusxasini berib, “Tintuv bayonnomasining bir nusxasini oldim” deb çekilgan imzoni körsatdilar.

Darhol, tintuv bayonnomasining nusxasiga kim imzo qöyganini söradim. Aslida esa oilamdagilarga “Tintuv bayonnomasining bir nusxasini oldim” deb imzo qöydirib, aslida bayonnomaning nusxasi berilmagan edi”, deydia Ismailov.

Maʼlum bölişiça, tintuv guruhi vakillari Surxondaryo viloyati IIB TB tergovçisining “buyurtmasi”ga asosan tintuv bayonnomasini jurnalistga berişdan boş tortgan. Tintuvda qatnaşgan tergov guruhi vakili Surxondaryo viloyat IIB tergovçisidan tintuv bayonnomasining nusxasini olib berişini aytgan.

Biroq Farhod Ismailov ularga: “Uy menga tegişli bölsa, nega siz Surxondaryo viloyat IIB tergovçisidan izn söraysiz? Aslida tintuv ötkazilayotgan xonadon egasiga “Tintuv ötkaziş haqidagi qaror”, “Tintuv ötkaziş bayonnomasi” hamda “Tintuv ötkazilganligi haqidagi Bayonnoma”dan bir nusxadan taqdim qilişga qonun böyiça majbursizku…”, deya yuzlangan.

Şuningdek, jurnalist yana bir savoliga ham yetarliça javob ololmagan: “Qolaversa, “Tintuv ötkaziş bayonnomasi” hamda “Tintuv ötkazilganligi haqidagi Bayonnoma” nusxalarini menga hamon taqdim qilganlari yöq”, deydi Ismailov.

Şu örinda Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov hamda ayrim masʼullarni oçiqçasiga tanqid qilib kelgan bloger Otabek Sattoriy maxsus tadbir davomida hibsga olindi. Tergov departamenti versiyasiga köra Sattoriyga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan va u gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangan.

IIB xodimlari endi Effect.uz jurnalisti xonadonida tintuv ötkazdi? Nima Özbekistonda tölib-toşgan muammolarni kesmasdan, qöşmasdan, ommaga körsatib kelayotgan, zarraça bölsa ham jamiyat rivojiga foydasi tegayotgan bloger va jurnalistlarga qarşi “ov” boşlandimi? Özbekiston jurnalistlarini kelajakda yana nimalar kutayotgan bölişi mumkin?

Teglar:
×