Namanganda yoş yigit va ayol uyni ömarib ketdi

Namanganda yoş yigit va ayol uyni ömarib ketdi

Namangan viloyati Uyçi tumanida 21 avgust kuni 20 yoşli yigit va 24 yoşli ayol xonadonga öğrilikka tuşdi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, 25 avgust kuni Uyçi tumanida yaşovçi 1978 yilda tuğilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 21 avgust kuniga ötar keçasi yaşaş uyida heç kim yöqligidan foydalangan nomaʼlum şaxs hovlisiga oçiq qolgan darvoza orqali kirganini maʼlum qilgan.

Taʼkidlanişiça, xonada bölgan narxi 2 million 400 ming sömlik televizor, 140 ming sömlik 1 dona qöl soati hamda 3 million sömlik har xil turdagi ayollar materiallari öğirlab ketilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va suriştiruv harakatlari natijasida uşbu jinoyatni Uyçi tumanida yaşovçi 2001 yilda tuğilgan yigit va şu tumanda yaşovçi 1997 yilda tuğilgan ayol sodir etgani aniqlangan.

Uşbu holat böyiça Uyçi tuman içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölimi tomonidan 1 sentbyar kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×