Yangi tizim: hokimlar endi uy buziş uçun hukumatdan ruxsat oladi

Yangi tizim: hokimlar endi uy buziş uçun hukumatdan ruxsat oladi

Bugundan boşlab mulk buziş masalalari böyiça yangi tizim joriy etiladi. Bu haqda Boş vazir Abdulla Aripov bugungi yiğilişda aytib ötgan.

Boş vazirning aytişiça, Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari buzilişi rejalaştirilgan hududni oldindan Vazirlar Mahkamasi bilan kelişadi.

Xabar.uz manbasining xabar berişiça, yiğilişda ayrim vazirliklarga bir qator topşiriqlar berilgan. Xususan:

  • Quriliş vazirligi respublika böyiça barça boş rejalarni qayta körib çiqib, ularni işlab çiqişda turar va noturar joylar buzilişini minimal darajaga keltiradi;
  • Adliya vazirligi turar va noturar joylarni buziş va kompensatsiya tölovlarini qoplaş bilan boğliq mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni qayta xatlovdan ötkazib, ularni yanada takomillaştiriş böyiça hukumatga taklif kiritadi.

Videoselektorda Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlariga bugundan boşlab qonunçilik talablariga asosan kompensatsiya tölanmagan va oldindan ogohlantirilmagan turar va noturar joylarni buzişni töxtatişbuyurilgan.

×