Bugun, 28 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi “qöziqorin uy” nomi bilan maşhur bölgan 12 qavatli bino buzilişi boşlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, Samarqand tumani “Jöyisoy” mahallasida fuqaro Furqat Halilov tomonidan öz uyining bir qismini buzib, örniga mehmonxona qurilişi heç qanday şaharsozlik hujjatlari rasmiylaştirilmasdan amalga oşirilgan.
Qurilişda quyidagi bir qator kamçiliklar aniqlangan:
- qurilişga ruxsat beruvçi Samarqand tumani hokimining qarori yoki tuman quriliş bölimining ruxsatnomasi mavjud emas;
- Arxitektura rejalaştiriş topşiriği (APZ) mavjud emas;
- muhandislik geologiyasi, loyiha-smeta hujjatlari töliq işlab çiqilmagan hamda tasdiqlanmagan;
- belgilangan tartibda şaharsozlik kengaşidan ötmagan;
- mehmonxona majmuasi obʼekti boş rejasini naturaga köçiriş dalolatnomasi rasmiylaştirilmagan “Qurilişda işlab çiqarişni taşkil qiliş” şaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlaş töğrisida” Quriliş vazirining buyruği (ŞNQ)ning 2.4 bandi (Qurilişda tayyorgarlik quriliş-montaj işlarining quriliş buyum va narsalarining nazorat qiluvçi taʼminlangan mavjudligini hisobga olişi kerak bajarilmagan) bajarilmagan;
- quriliş obʼektida foydalanilgan quriliş materiallarining talablarga muvofiqligi töğrisidagi pasport va sertifikatlari taqdim etilmagan;
- ŞNQ 3.01.01-03 ning 7.8,9.9 bandlariga asosan yopiq işlarni guvohlaş dalolatnomalari taqdim etilmagan;
- mutaxassislar tomonidan binoning seysmologik jihatdan talablarga javob bermasligi ham aniqlangan.
Yuqoridagi kamçiliklar mavjud bölsada, qurilişga ruxsat beruvçi boşlanğiç şaharsozlik hujjatlari rasmiylaştirilmagan bölsa ham quriliş-montaj işlari konstruktsiyalar bitgandan söng “Konstant Proyekt” MÇJ tomonidan loyiha hujjatlari töliq işlab çiqilmagan. “Triumf Proyekt” MÇJ xususiy ekspertiza taşkiloti tomonidan esa töliq işlab çiqilmagan loyiha hujjatlariga birlamçi ruxsat beruvçi hujjatlar mavjud bölmagan holda xulosa berilgan.
Quriliş işlari davomida tuman quriliş bölimi va hududiy nazorat qiliş inspektsiya xodimlari tomonidan bir neça bor qurilişni töxtatiş böyiça körsatmalar berilgan bölsada, fuqaro Furqat Halilov tomonidan işlar özboşimçalik bilan davom ettirilgan. Mehmonxona qurilişi obʼekti böyiça maxsus litsenziyaga ega “SVP MASKAN” MÇJ mutaxassislari tomonidan 2016 yilda binoning texnik holati örganilib, rigel va temir beton ramalarni kuçaytiriş uçun loyiha hujjatlari işlab çiqiş böyiça xulosa berilgan. Uşbu kuçaytiriş böyiça tegişli loyiha işlab çiqilmagan va ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi olinmagan.
“Özoğirsanoatloyiha” instituti AJ va hududiy inspektsiya xodimlari tomonidan 2022 yil 6 may kuni binoning seysmik holati örganib çiqilib, “Özoğirsanoatloyiha” instituti AJ ning xulosasiga asosan binoning suv taʼminot, taşqi tarmoqlar va inşootlar qurilişi meʼyorlari va qoidalariga hamda qurilişda işlab çiqarişni taşkil qiliş talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketgani öz tasdiğini topgan hamda binoni buziş böyiça xulosa berilgan.
Köplab muhokamalarga sabab bölayotgan bu bino böyiça Respublika komissiyasi xulosasi va 2022 yilning 6 iyul kuni fuqarolik işlari böyiça Toyloq tumanlararo sudi tomonidan Furqat Halilovga Samarqand tumani “Jöyisoy” MFY hududidagi öziga tegişli bölgan özboşimçalik bilan noqonuniy ravişda qurilgan 12 qavatli bino-inşoot (mehmonxona)ni öz hisobidan buzişi töğrisida hal qiluv qarori çiqarilgan va ijro uçun yuborilgan.
Qayd etiş joiz, bungaça bino egasi Furqat Halilov Prezidentga murojaat qilib, binoni saqlab qolişda amaliy yordam berişni söragan edi. Maʼlum bölişiça, bino qurilişi 2012 yilda boşlangan. 2015 yilga kelib beton işlari töliq tugatilgan. 2015-2017 yillarda bezak işlari amalga oşirilgan. Bino töliq qora suvoqdan çiqarilgan. Binoni quriş uçun hokimning qarori yoki boşqa tegişli davlat organlarining ruxsatlari olinmagan. Şunçaki, uy atrofida istiqomat qiluvçi 5 ta qöşnining rozilik xati olingan.









