Mirzo Uluğbek tumanidagi 50-maktabda yangi oçiladigan törtta 1-sinfning bittasi pulli qilinmoqda. Maktab direktoriga köra, bunday sinf ötgan yili ham oçilgan bölib, bunda öquvçilarga 3 mahal ovqat beriladi va keçgaça qöşimça maşğulotlar ötiladi. Oylik tölov – 2,8 mln söm. Butun boşli sinfni “tijoriy” şaklda taşkil etiş qonunçilikda yöq.
Kun.uz'ga Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi 50-maktabga bolasini bermoqçi bölgan onalardan murojaat kelib tuşdi. Ular davlat maktabida pulli sinflar oçilayotganidan norozi.
“Bu axir davlat maktabi-ku, nimalar qilişyapti bular? Tajribali sinf rahbarlarining sinflari pulli bölarkan, tajribasiz, reytingi pastlariniki esa tekin. Bu toza odam ajratiş-ku, axir. Nimalar bölyapti özi? Tölaşga puli yöqlarning farzandi yaxşi sinf rahbarida öqişga loyiq emas ekan!” – deydi şaxsi sir qolişini istagan murojaatçilardan biri.
50-maktab Toşkent markazida, metroning Amir Temur xiyoboni bekati oldida joylaşgan. Kun.uz muxbiri farzandini maktabga bermoqçi bölgan ona sifatida maktab direktori Laziza Arifxonova bilan boğlandi.
“Tijoriy sinflarni oçganimizga ikkinçi yil ketyapti. Ötgan yili birinçisini oçganmiz, bu yil ikkinçi yil. Boşqa maktabda direktor örinbosari bölib işlab kelganman, u maktabda ham pulli sinf bor edi, bu tizim işlayotganiga 4 yil bölyapti. Şu sabab menda bu birinçisi emas.
[1-sinflar uçun] 4 ta sinf oçilyapti, şulardan bittasi – tijoriy sinf. “Kommerçeskiy” sinflarning oyiga tölovi 2 mln 800 ming sömdan, 3 mahal ovqati, darslari, qöşimça maşğulotlari, keçgaça “krujok”lari bilan birga. Robototexnika, çizmaçilik, raqs, 2 xil sport, master-klass keladi bularga, keyin ingliz tilidan qöşimça darslar kiritganmiz. Hozir 2-sinfdagi bolalarimizga özbek tilidan qöşimça darslar kiritganmiz – şunaqa qilib har kuni bolalar uçta-uçta maşğulotlar bilan band. Bu ixtiyoriy”, – dedi u.
Maktab direktoriga köra, sinfxonalar yetişmovçiligi sababli yuqori sinflarda pulli tizim qilinmagan. Hozirça faqat boşlanğiçda bor.
Laziza Arifxonova maktabga qabul qiliş tartibini ham tuşuntirdi.
“20 iyunda my.maktab.uz bazasi oçiladi. U bazada özingizni, keyin farzandingizni röyxatdan ötkazasiz, “propiska” böyiça bolani maktabga joylaştirişingiz kerak. Keyin avgust oyida qöşimça kvota oçiladi, xuddi öşa saytning özida asosiy kvotadan keyin qöşimça kvotani tanlab, tumanimiz va 50-maktabni tanlab, navbatga turasiz. Keyin suhbatga kelasizlar. Mikrohududimiz kiçkina, şu sabab ota-onalarimizda navbatga turişga bemalol imkoniyat bor”, – dedi u.
Davlat maktabida pulli sinf qilinişi qonunçilikda yöq
2019 yilda hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda umumiy örta taʼlim muassasalarida pulli taʼlim xizmatlarini körsatiş tartibi belgilangan. Hujjatga köra, qöşimça taʼlim berişga qaratilgan pulli taʼlim xizmatlaridan foydalaniş ixtiyoriy.
U maktablarning öquv dasturlarida nazarda tutilmagan, yaʼni davlat taʼlim standartlaridan taşqari maşğulotlarni öz içiga oladi. Xizmat maktab direktori va öquvçilarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar örtasida tuziladigan şartnoma asosida körsatiladi.
Uning narxlari maktab kuzatuv kengaşi bilan kelişilgan holda, direktor tomonidan tasdiqlanadi. Direktor va pedagoglar tomonidan öquvçilarning majburiy tartibda pulli taʼlim xizmatlariga jalb etilişiga yöl qöyilmaydi.
Nizomda pulli yoki tijoriy sinflar tuşunçasi qayd etilmagan. Ammo Konstitutsiyaning 50-moddasiga köra, davlat bepul umumiy örta taʼlim va boşlanğiç professional taʼlim olişni kafolatlaydi. Qolaversa, ayni modda Özbekiston 1994 yilda ratifikatsiya qilgan “Bola huquqlari töğrisidagi konventsiya”ning 28-moddasida ham aks etgan.









