Parlament IMEI böyiça pulli röyxatga olişni bekor qiliş töğrisidagi petitsiyani örganmoqda

Parlament IMEI böyiça pulli röyxatga olişni bekor qiliş töğrisidagi petitsiyani örganmoqda

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari böyiça qömitasi tomonidan «Mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari böyiça röyxatdan ötkaziş tizimini takomillaştiriş» masalasini örganiş boşlandi, deya xabar qildi parlament quyi palatasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Dekabr oyi örtalarida Mening fikrim jamoaviy murojaatlar portalida mobil qurilmalarni IMEI böyiça pulli röyxatga olişni bekor qiliş töğrisidagi petitsiya eʼlon qilingan edi. Petitsiya eʼlon qilingan vaqtdan buyon u 20 mingdan ziyod ovoz va 450 dan ortiq izoh töpladi. Parlament petitsiyani körib çiqişi uçun esa 10 ming ovoz yetarli.

Masalani örganiş uçun parlament quyi palatasining mutasaddi qömitasi tomonidan sakkiz kişidan iborat işçi guruh tuzilidi. Işçi guruhdan tegişli qömitadan tört nafar deputat. Byudjet boşqaruvi vakili hamda AKT sohasida tajribali uç mutaxassis örin oldi.

Qömita tomonidan mazkur maʼruzani tayyorlaş doirasida quyidagi turdagi işlarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda:

mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari böyiça röyxatdan ötkaziş milliy tizimi faoliyati bilan boğliq statistik va moliyaviy maʼlumotlarni yiğiş va tahlil qiliş;

mobil qurilmalar kodini röyxatdan ötkaziş uçun tuşadigan mablağlar hajmi va olingan mablağlarni aniqlaş va ularni maqsadli sarflaş mexanizmlarini örganiş;

bojxona statistikasi maʼlumotlari asosida mobil aloqa texnikalari importi dinamikasi tahlili;

import qiluvçilar va fuqarolar tomonidan IMEI kodlarni röyxatdan ötkaziş amaliyotini örganiş, uşbu faoliyatda muammolar ehtimolini aniqlaş;

mobil qurilmalarni davlat tomonidan röyxatdan ötkaziş tizimini taşkil etiş va faoliyat yuritişi xalqaro tajribasining qiyosiy-taqqoslama tahlilini ötkaziş;

foydalanuvçilar örtasida ijtimoiy sörovnoma ötkaziş;

joriy qilingan mobil qurilmalar kodlarini röyxatdan ötkaziş tizimining tartibi, maqsad va vazifalarini aholiga yetkaziş böyiça axborot-tuşuntiriş işlarining ötkazilişi samaradorligini örganiş va boşqalar.

Örganilgan işlar asosida Qömita mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari böyiça röyxatdan ötkaziş uçun tölovni bekor qiliş yoki qoldirişning maqsadga muvofiqligi, şuningdek, uşbu sohada faoliyatni takomillaştiriş böyiça maʼruzada öz fikrini bayon qiladi va uşbu fikrni Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga tasdiq uçun taqdim etadi.

UZIMEI loyihasi mutaxassislarining qayd etişiça, işlab çiqilgan tizim mobil qurilmaning IMEI maqomini tekşiriş va sotib olişdan avval nomaʼlum, klonlaştirilgan, yöqolgan yoki öğirlangan qurilmalarni öz vaqtida aniqlaş imkonini beradi.

×