Namangan viloyati Çust şahri dehqon bozori hududida faoliyat körsatayotgan bir guruh tadbirkordan kelgan şikoyat xati böyiça yölga çiqdik. Har holda holatni öz közimiz bilan körib yozganimiz yaxşi-da.

Munavvarxon Muxtorxonov: – Bozor içida «Don mahsulotlari» pavilonini öz içiga olgan 22 ta rasta qurilişi xarajatini töliq öz böynimizga olganmiz, yaʼni 2008-2009 yillar har birimiz 22 000 000 söm, bugungi kunda esa 22 kişining umumiy xarajati 2.354000 000 (ikki milliard uç yuz ellik tört million) sömlik bino qurib, 90 foiz bitkazilgan holda iş boşladik. Şunça sarf-xarajat qilganimizga qaramay, biron bir tadbirkorning qöliga egalik huquqini beradigan rasmiy hujjat Çust tuman hokimligi tomonidan taqdim etilmagan. Öşanda hokim Bahodir Yusupov bu pavilon yuz yildayam buzilmaydi, deb işontirgandi.
2019 yil yangi hokim Bahodir Oxunov tomonidan yanvar oyida bizning şunça xarajat qilib qurgan rastalarimiz bir söm tölovsiz buzib taşlandi. Biz tadbirkorlar özimizning şaxsiy mablağimiz hisobiga yangi quriladigan joyga loyiha hujjatlarini tayyorladik va tuman hokimiga körsatdik.
2020 yil noyabr oyida hamma hujjatlarimiz töliq holda bölganiga qaramasdan quriliş uçun tuman hokimligi tomonidan ruxsat berilmadi. Joriy yilning iyul oyida Bibiona ziyoratgohida Prezident maslahatçisi tomonidan qabul bölib, arizamizni qabul qildi va hokimni çaqirtirib, nima uçun qurilişga ruxsat berilmayotganini söradi.
Tuman hokimi yangi «genplan» qilişni bahona qilib, 1 avgustgaça kutib turişimizni aytdi. Avgust oyi tugab, sentyabrning yarimida nima qilamiz, deb hokimning qabuliga borsak, yangi andoza böyiça bitta odamga tender qilib beriladi va sizlarga öşa yerdan joy beriladi, dedi. Ammo oradan mana neça oylar ötdiki, qurilişi buzilgan joy egasiz va qarovsiz yotibdi. Har bir hokim kelib öziça qaror çiqarib yangi «genplan» qilaveradimi? Biz özimizning mablağimizga özimiz uçun joy qurmoqçimiz, bizga heç kimning yordami kerakmas, ruxsat berişsa böldi.

Mahmuda ona: – 10 ming dollar tölaganmiz öşa paytlari. Osonmi şunça pulni topiş. Bu mablağni topgunça bir odamning qança vaqti, qança kuç-quvvati ketgan. Hozir joyi buzilgan tadbirkorlar sarson-sargardon. Şu yerni qaytadan qurib bitkazsak, yigirmadan ortiq odam işli bölardi. Hozir kam deganda har bir oiladan bitta bölmasa ikkita odam çetda yuribdi. Nimaga? Özimizda şaroitlar bölib nimaga bizning bolalarimiz çetda yurişi kerak? Nega bitta odam bu yerga egalik qilib foydalanişi kerak, bizga öxşaganlar-çi? Bolalarimiz bağrimizda bölsin, yer quruq yotibdi-ku, nevaralarimiz ota-onasini körmayapti. Avval bolalarimiz armiyaga ketsa yiğlardik, endi esa özimiz bolalarimizni uzoqlarga kuzatişga majbur bölayapmiz.
Husanxon Hamidov: – Mana körib turganingizdek bu yerlar maşina turadigan «stoyanka»ga aylandi. Bizning özimizga bersa, bu yerni çiroyli qilib qurib olamiz. Hamma hujjatlarimiz bor. 13 yildan beri sarsonmiz. Çala qurilgan joyda savdo qilib turuvdik, ana endi şuyam yöq.
Bahromjon Maşrapov: – Tadbirkor bir oyda 15 mln. sömlik soliq tölaydi, 40 ta iş örni yaraladi. Bir oyga bir milliard naqd pul tuşadi. Undan taşqari, yana qança tölovlarimiz bor. Biz şartnomadagi barça şartlarga amal qilib kelganmiz. Barça tölovlarni vaqtida tölaganmiz. Bizning joyimiz buzib taşlangani oqibatida hozir davlat qança mablağdan quruq qolayapti.
Kamoljon Boqiyev, huquqşunos: – Men uşbu bozorning huquqşunosiman. Bu yerda hokimlikning 51 foiz uluşi, xalqning 49 foiz uluşi bor. Uşbu hududga pavilon qurilsa bozorga tuşum böladi. Bu bizga ham yaxşi. Biz tadbirkorlarning bu yerlarga rasta qurişlariga qarşi emasmiz, ruxsat berişsa böldi.
Şundan söng biz şikoyatçilar bilan birgalikda ikkinçi tomonni eşitiş uçun Çust tumani hokimiyatiga yöl oldik. Tuman hokimi bu paytda selektor yiğilişida ekan. Har tugul izlagan odamlarimiz uzoq kutişlarimizdan söng bizni eşitdi. Tuman hokimi örinbosari J.Bahodirov xonasidamiz.

Mirzolim Mirzaliyev, kapital quriliş va şaharsozlik masalalari böyiça hokim örinbosari: – 2008 yil bozorda qurilgan rastalar çala bitgan bölsa-da, odamlar savdo qilib turdi va 2019 yil özlarining roziliklari bilan buzib taşlandi. Bu yerda hokimiyatning 51 foiz uluşi bor, 49 foiz fuqarolarniki, agar bozor qayta rekonstruktsiya qilinadigan bölsa, röyxatdagi tadbirkorlarga ham yer beriladi, bu haqda hokimning qarori va yangi hokimning kafolat xati berilgan qöllariga. 2019 yildan beri qurilmayotganiga sabab pandemiya bölib qoldi orada. Mana yaqinda 4-5 kun böldi, investor investitsiya kiritmoqçi, mart oyida bozor yopilib boşqatdan quriladi, öşa payti bularga yer beriladi... Biz vaziyatdan çiqiş yoki tadbirkorlarning faoliyatiga tösiq qöyiş maqsadida aytayotganimiz yöq bu gaplarni...

Ikki tomonni örganiş jarayonida vaziyat biroz oydinlaşgan bölsa-da, murojaatçilarning savollari oçiq qoldi:
Agar investor kelmasa yoki martdan quriliş boşlanmasa, 22 nafar tadbirkor bozor hududida tasdiqdangan loyihalari böyiça özlari qurilişni boşlayveradilarmi? Yaʼni, investorlar aniq keladimi? Nega ikki yil davomida qurilişga ruxsat berilmadi? Yana tört yil kutişadimi? Tadbirkorlar aytganidek, davlat ğaznasiga tuşum tuşib turgani yaxşimasmi?
Munavvarxon bobo gap orasida qistirib ötganlaridek, «bozorga kiraverişdagi yölni buzib çangini çiqarib taşladinglar, şu yölni özimiz taʼmirladik, yölni qurib bitkazolmagan, butun bozorni qaçon buzasizlar, qaçon qurasizlar?»
Körinib turibdiki, tadbirkorlar birgina ruxsat tegişi bilan işga jadal kirişiş niyatida. Agar ularning gaplarini bahs-munozara payti ilğamagan bölsangiz yana bir bor qayta eslatmoqçimiz: «Bizga ruxsat beringlar, investor ham kerakmas, özimiz qurib, özimiz pul tikamiz. Keyin qaçon bozor buziladigan bölsa yana buzaverasizlar, bizga hozir joy kerak, bola-çaqamizni boqişimiz uçun iş kerak. Bundan ikki tomon ham foyda köradi. Böş yotgan joy davlat ğaznasiga pul, bizning daromadimizga daromad qöşadi...»
Eslatib ötamiz: Çust tumani «Dehqon bozori» MÇJ hududini rekonstruktsiya qilişga ruxsat beriş töğrisidagi tuman hokimining 2019 yil 12 martdagi 1971-sonli qarorining 6-bandida şunday belgilab qöyilgan. «Röyxati 1-ilovada keltirilgan fuqarolarga buzib olingan «Don mahsulotlari» rastasi tarkibidagi mulk egaligiga daʼvogar şaxslar sifatida «Dehqon bozori» MÇJ hududini rekonstruktsiya qiliş loyihasi doirasida har biriga 15 m2 ölçamda savdo rastasi örni biriktirib berilsin, bunda mulk va yerga nisbatan egalik huquqi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi «Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini taşkil qilişni yanada takomillaştiriş çora- tadbirlari töğrisida»gi PQ-1326-sonli qarori talablari asosida belgilansin.»









