Maktab taʼmiri uçun ota-onalar pul tölamaydi - XTV

Maktab taʼmiri uçun ota-onalar pul tölamaydi - XTV

Maktablarni yangi öquv yiliga tayyorlaş va infratuzilmasini yaxşilaşga ota-onalardan majburiy pul yiğimlariga yöl qöyilmaydi. Bunday işlarga mahalliy hokimliklar masʼul. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi (XTV) maʼlum qildi.

Aytilişiça, vazirlikka ota-onalardan maktab taʼmiri uçun pul yiğilayotganligi yuzasidan köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.

“Qonunçilikda umumiy taʼlim oliş bepul ekanligi kafolatlanganini inobatga olib, maktablardagi har qanday majburiy yiğimlar noqonuniy hisoblanadi”, - deyiladi xabarda.

Şuningdek, vazirlik maktab rahbarlaridan majburiy pul yiğiş holatlarini oldini olişni söramoqda.

Maktablarda noqonuniy pul yiğilayotgan bölsa bu haqda vazirlikning 71 202-09-09 işonç telefon raqamiga xabar beriş mumkin.

Maktablarga beğaraz homiylik qiliş istagida bölgan fuqarolar buni qonuniy yöl bilan, yaʼni xomiylik mablağlarini maktabning hisob raqamiga ötkazgan holda rasmiylaştirişlari mumkin.

Maʼlumot uçun, hozirgi kunda maktablarda Kuzatuv kengaşlari faoliyat yuritmoqda. Kuzatuv kengaşiga öquvçilarning ota-onalari, sobiq bitiruvçilar, öqituvçi va boşqalar saylanişi mumkin. Kuzatuv kengaşi aʼzolari byudjetdan hamda qöşimça işlab topilgan mablağlarni samarali va maqsadli sarflanişini nazorat qiliş vakolatiga ega.

×