Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 Noyabr kuni Ostonada bölib ötayotgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida qöşni Afğoniston masalasiga ham töxtaldi. Unda davlat rahbari afğon xalqiga insonparvarlik yordami körsatişni susaytirmaslikka, bu yurtdagi ötkir ijtimoiy muammolarni hal etişga qaratilgan aniq mexanizmlarni işlab çiqişga çaqirdi.
"Ming yillar davomida tarixi va taqdiri turkiy elatlar bilan çambarças boğliq bölgan köpmillatli Afğoniston zaminida tinçlik va osoyiştalik örnatiş mintaqamizda strategik barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlaşning asosiy şartidir. Biroq dunyoning boşqa nuqtalarida nizo va uruşlar avj olayotgan hozirgi şaroitda uşbu muammo xalqaro hamjamiyat eʼtiboridan tobora çetda qolmoqda.
Afğon xalqiga insonparvarlik yordami körsatişni susaytirmaslik, bu yurtdagi ötkir ijtimoiy muammolarni hal etişga qaratilgan aniq mexanizmlarni işlab çiqişga çaqiramiz.
Bizga mintaqaviy şeriklik va barça qöşnilari bilan iqtisodiy hamkorlik jarayonlarida faol iştirok etadigan, tinç va barqaror Afğoniston kerak.
Biz ilgari surayotgan Transafğon temir yölini barpo etiş taşabbusi aynan mana şu ezgu maqsadga xizmat qiladi.
Özbekiston afğon xalqiga bundan buyon ham zarur yordamni berib boradi. Termizdagi logistika xabi orqali gumanitar kömak körsatişni, taʼlim markazida esa afğon fuqarolarini öqitişni faol davom ettiramiz", deydi Mirziyoyev.









