Özbekiston Respublikasidagi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida Interpol kanallari orqali huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan odam savdosi uçun qidirilayotgan va uzoq vaqt davomida Turkiya hududida yaşirinib yurgan Özbekiston fuqarosi Istanbuldan Toşkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu ayol sotiş va ekspluatatsiya maqsadida qizlarga yuqori maoş vaʼda qilib, ularni Turkiyaga olib borgan. U yerda qizlarning pasportlarini tortib olib, ularni fohişalik bilan şuğullanişga majburlagan.
Ikki davlatning Interpol milliy markaziy byurolari örtasidagi hamjihatlik va tezkor hamkorliklari tufayli muvaffaqiyatli qöşma faoliyat amalga oşirilib, ayol uşlangan va Toşkentga ekstraditsiya qilingan.
Bildirilişiça, hozirda Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni foş qiliş böyiça faol harakatlar amalga oşirilmoqda.









