Namanganda qizlarni fohişalikka jönatib kelganlar uşlandi

Namanganda qizlarni fohişalikka jönatib kelganlar uşlandi

Namangan viloyatida ayollarni xorijga olib çiqib, fohişalikka jalb qiliş bilan şuğullangan jinoiy guruh aʼzolari qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, 26 aprel kuni viloyatning Pop tumanida ötkazilgan tadbir davomida Davlatobod tumanida yaşovçi ayrim ayollar özlarini turli ismlar, jumladan Nargiza, Maftuna va Malika deb taniştirib, fuqarolar işonçiga kirib olgan.

Tergovda aniqlanişiça, jinoiy sxemada vositaçilar orqali asosan yoş, turmuşdan ajragan va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar nişonga olingan. Guruh xorijda yaşovçi şeriklari orqali ayollarni iş va yuqori daromad vaʼdasi bilan aldab, ularni çet elga olib çiqiş va fohişalikka jalb qiliş bilan şuğullangan.

Tezkor tadbir ötkazilgan pytda ham 2001 yilda tuğilgan ayolni Hindistonga fohişalik uçun yuborişga uriniş vaqtida jinoiy guruh aʼzolari qölga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


×