Buxoroda 18 yoşli qizni fohişalikka majburlaganlar qölga tuşdi

Buxoroda 18 yoşli qizni fohişalikka majburlaganlar qölga tuşdi

Buxoroda odam savdosi bilan şuğullanib, 18 yoşli qizni fohişalik qilişga majburlagan jinoiy guruh qölga olindi. Ular mijozdan 800 ming söm olayotganda uşlangan. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Buxoro şaharning B.Naqşband köçasida yaşovçi, 33 yoşli R.H. ismli ayol, 22 yoşli tanişi R.L. bilan özaro jinoiy til biriktirib, şu köçada vaqtinça istiqomat qilib kelayotgan 18 yoşli K.S.ni joriy yilning 4 sentyabr kuni aldov yöli bilan öz uyiga olib kelib, undan şahvoniy maqsadlarda foydalaniş maqsadida fuqarolik pasportini olib qöygan. Joriy yilning 4 sentyabr kunidan 8 oktyabr kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida moddiy haq evaziga begona erkaklar bilan jinsiy aloqa qilib fohişalik qilişga majburlagan.

9 oktyabr kuni öz uyi yaqinida K.S.ni navbatdagi mijozga 800 ming sömga pullab, özga bir erkak bilan jinsiy aloqada bölişga majburlab odam savdosi jinoyatini sodir etgan.

Xabarga köra, Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi xodimlari gumon qilinuvçi R.H. va uning şerigini jinoyat ustida qölga olgan. Ulardan maxsus işlov berilgan 800 ming söm naqd pul va K.S.ning fuqarolik pasporti tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro şahar Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi huzuridagi Tergov bölimi tomonidan R.H. va R.L.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “v”, ”g”, ”e” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×