Prezident oilasi va boşqa davlat yetakçilari bilan futbol tomoşa qildi

Prezident oilasi va boşqa davlat yetakçilari bilan futbol tomoşa qildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev keça, 10 iyun kuni Özbekiston milliy terma jamoasining Qatar milliy terma jamoasiga qarşi bahsini stadiondan tomoşa qildi. 

“Bunyodkor” stadionida ötgan öyinni körişga borgan Özbekiston yetakçisiga oilasi, xususan, tönğiç qizi va Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva, öğli Miralişer Mirziyoyev hamda nabiralari Miromon, Saodatxon va Şavkat, şu bilan birga, Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Bolgariya Prezidenti Rumen Radev va Slovakiya Boş vaziri Robert Fitso, şuningdek, Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etiş uçun kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumat rahbarlari hamrohlik qildi. 

Öyinning 28-daqiqasida Azizbek Turğunboyev super gol urib, hisobni oçdi. Birinçi bölim töliq “oq börilar” ustunligida ötdi. 33-daqiqada mehmonlar vakili Abdulaziz Hatim qöpollik uçun sariq kartoçka olgan bölsa, oradan 7 daqiqa ötib, 40-daqiqada Bassam al-Ravi ham Abbosbek Fayzullayevga qarşi qoidani buzgani uçun sariq kartoça bilan “siylandi”. Bölim davomida özbekistonliklar yana bir neçta qulay vaziyatga ega böldi, biroq hisob boşqa özgarmadi.

Ikkinçi bölim ham mezbonlar ustunligida boşlandi. Bir neça hujumlar uyuştirildi. Biroq öyinning 62-daqiqasida super gol muallifi va bahsni yaxşi ötkazayotgan Azizbek Turğunboyev jarohat oldi. Şu sababli uning örniga Jamşid Iskanderov maydonga tuşirildi. Bölimning 67-daqiqasida qatarliklar futbolçisi mezbon jamoa futbolçisiga qarşi qöpollik işlatdi. Mazkur vaziyatda hakamga norozilik bildirgani uçun mehmonlar sardori Akrom Afif sariq kartoçka oldi. Birozdan keyin esa örnini jamoadoşiga böşatib berdi. Yuqori tempda davom etayotgan bahsning 84-daqiqasida Odiljon Hamrobekov va Jaloliddin Maşaripov örniga Hojimat Erkinov va Abdurauf Böriyev maydonga tuşirildi. Oradan 2 daqiqa ötib, 86-daqiqada esa Eldor Şomurodov hisobni 2:0 körinişiga keltirdi. Golni mamlakat Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham bevosita stadiondan turib nişonladi. Oradan köp ötmay, 91-daqiqada Şomurodov örniga maydonga tuşgan Igor Sergeyev hisobni yirik körinişiga keltirdi – 3:0. Öyin şu tariqa yakunlandi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 6 iyundagi farmoniga muvofiq, Özbekiston tarixida birinçi marta jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgani, yoş avlodni sportga mehr va milliy ğurur ruhida tarbiyalaşga qöşgan hissasi uçun futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhi mukofotlangan edi. Öyindan keyin uşbu mukofotlarni topşiriş marosimi böldi. Davlat rahbari qahramon sportçilarga faxriy unvon, orden va medallarni topşirdi. Şuningdek, terma jamoa aʼzolari va mutaxassislariga BYD avtomobillari sovğa qilindi.

×