Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlaş töğrisida»gi farmoniga asosan davlat va jamiyat hayotida özining samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnaşib, Yangi Özbekistonni barpo etiş, xalqimiz farovonligini yuksaltiriş yölida taşabbus va ibrat körsatib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Mamlakatimiz neft va gaz sohasi rivojiga munosib hissa qöşayotgan ayollar doimo eʼtiborda bölib kelgan va şu sabab mukofotlanganlar orasida «Özbekneftgaz» AJda faoliyat olib borayotgan quyidagi ayol xodimalar bor:
Şamiyeva Dilfuza Xolmurodovna - Muborak gazni qayta işlaş zavodining eksperimental taʼmirlaş-mexanika tsexi texnologik qurilmalar operatori «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.
Nurillayeva Nurxon Botir qizi - «Uzbekistan GTL» masʼuliyati çeklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi.
Nurillayeva Nurxon Botir qizi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bölgan neft va gaz sohasini rivojlantiriş yölida «Uzbekistan GTL» masʼuliyati çeklangan jamiyatining quriliş davridan hozirgi kungaça Zavod markaziy laboratoriyasida samarali mehnat qilib kelayotgan yoş mutaxassislardan biri hisoblanadi.
Dauletnazarova Raya Kurbanbayevna – «Uz-Kor Gas Chemical» qöşma korxonasining tsex muhandis-metrologi «Şuhrat» medali bilan mukofotlandi.
«Özbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati









