Ukraina öz hududlarini heç kimga bermaydi, balki vaziyatni diplomatik va tinç yöl bilan hal qilişga sodiq qoladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy halqqa murojaatida aytdi.
“Biz tinç va diplomatik yölga sodiqmiz va faqat şu yöldan boramiz. Biz öz yerimizdamiz. Biz heç narsadan va heç kimdan qörqmaymiz. Bizning heç kimdan qarzimiz yöq. Heç kimga heç narsa bermaymiz. Bunga işonçimiz komil. Hozir 2014 yil fevral emas, 2022 yil fevral — boşqa davlat, boşqa armiya. Bir maqsad — Ukrainada tinçlik. Ukrainaga şon-şaraf!” degan u Rossiyaning Donetsk va Lugansk xalq respublikalari suverenitetini tan oliş qarorini izohlar ekan.
Davlat rahbari, şuningdek, Ukraina çegaralari işonçli himoyalanganiga işontirgan.
“Biz siyosiy-diplomatik yeçim yöliga sodiqmiz, heç qanday iğvogarlikka yöl qöymaymiz, çegaralarimiz işonçli himoyalangan, hududiy mudofaa tizimi yaratilgan, hamkorlarimiz bizni qöllab-quvvatlamoqda”, degan Zelenskiy.
U hozir tartibsiz harakatlar uçun heç qanday sabab körmayotganini taʼkidlagan.
“Agar biz vaziyat özgarganini va xavf-xatar kuçayganini körsak, u holda sizlar [ukrainaliklar] bu haqda albatta bilib olasizlar”, deya xulosa qilgan u.
Zelenskiy ukrainaliklarga murojaati boşida tarixdan uzoq maʼruzalar öqişga vaqti yöqligini aytgan.
“Biz ötmiş haqida gapirmaymiz, balki voqeliklar haqida gaplaşamiz. Ukraina xalqaro tan olingan çegaralar doirasida mening ortimda va Rossiya Federatsiyasining har qanday harakatlari yoki bayonotlariga qaramay, şunday bölib qolaveradi”, degan u.
DXR va LXRning Rossiya tomonidan tan olinişi
Zelenskiy DXR va LXR suverenitetini tan olgan Rossiyaning harakatlarini öz mamlakatining hududiy yaxlitligini buziş deb atagan.
“Ukraina Rossiya Federatsiyasining sönggi harakatlarini sözsiz davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini buziş sifatida baholaydi. Bu harakatlar bilan boğliq oqibatlar uçun barça javobgarlik Rossiya siyosiy rahbariyatiga yuklanadi. Donetsk va Lugansk viloyatlarining bosib olingan hududlari mustaqilligini tan oliş Rossiyaning Minsk kelişuvlaridan bir tomonlama çiqib ketişi va Normandiya [Normand formati] doirasidagi qarorlarni eʼtiborsiz qoldirişi mumkin”, degan Zelenskiy.
Uning fikriça, bu tinçlik saʼy-harakatlariga putur yetkazadi va mavjud muzokara formatlarini yöq qiladi.
“Biz ham xotirjammiz, ham özimizga işonamiz. Siz ukrainlar aqlli va donişmand xalq ekanini, heç narsaga qaramay, sovuqqonlikni saqlaydigan, bosiqlik bilan, muvozanatli, kattalarça munosabat bildiradigan xalq ekanligini yana bir bor isbotlaysiz. Biz uzoq vaqtdan beri hamma narsaga tayyormiz. Lekin uyqusiz tuningiz uçun heç qanday sabab yöq”, deb işontirgan Zelenskiy xalqini.
Maʼlumot örnida, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina şarqidagi özini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan oliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Farmonni imzolaş marosimida LXR va DXR rahbarlari ham iştirok etdi.









