Bugun, 31 may kuni Bişkekda Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov iştirokida futbol böyiça “Muras” turniri boşlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Askat Alagozov maʼlum qildi.
Turnir 31 maydan 1 iyunga qadar poytaxtdagi FOK “Gazprom” va KFS Milliy futbol akademiyasi sport majmuasida bölib ötadi.

Musobaqada 16 ta jamoa iştirok etadi:
- “Prezidenttin komandasi”,
- “Jogorku Keңeş”,
- “Kөzөmөl”,
- “Aymaktar”,
- “Den sooluk”,
- “Koopsuzduk”,
- “Femida”,
- “Sport çeberleri”,
- “Jurnalistter”,
- “Өnөr”,
- “Bilim”,
- “Dostuk”,
- “Dinamo”,
- “Iyman”,
- “Banktar jana biznes”,
- “Elçiler”.
Japarov oçiliş marosimida “Muros” turniri öz oldiga qöyilgan vazifalarni töliq oqlaganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Uning aytişiça, har yili davlat xizmatçilari va umuman aholi örtasida sportga qiziqiş ortib borayotganini kuzatiş mumkin.









