Bugun, 27 dekabr kuni xorijiy davlatlarning Özbekistonga yangi tayinlangan elçilari tomonidan işonç yorliqlarini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Latviya Respublikasi elçisi Reynis Trokşa, Vengriya elçisi Dyula Kovaç, Frantsiya Respublikasi elçisi Oreliya Buşez va Saudiya Arabistoni Podşohligi elçisi Yusuf al-Utaybiydan işonç yorliqlarini qabul qilib oldi.
Davlat rahbari yangi tayinlangan elçilarni mamlakatda diplomatik missiyasini boşlagani bilan samimiy tabrikladi.
Özbekiston xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan konstruktiv muloqotni rivojlantiriş, özaro manfaatli şeriklikni kengaytirişga muhim ahamiyat qaratayotgani taʼkidlandi.

Prezident mamlakat demokratik yangilanişlarni davom ettiriş, Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida kompleks islothotlarni amalga oşirişda izçillikni taʼminlaş yölida qatʼiy ekanini qayd etdi.
Taraqqiyot strategiyasida har bir fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, erkin va oçiq jamiyat, xalqçil davlat barpo etiş boş maqsad qilib belgilangan.
Özbekistonni 2030 yilga borib aholi daromadlari örtaça körsatkiçdan yuqori bölgan mamlakatga aylantiriş asosiy vazifadir. Şu maqsadda bozor islohotlarini çuqurlaştiriş, yangi iş örinlarini yaratiş, xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş, xorijiy investitsiya va texnologiyalarni keng jalb etişga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Pragmatik va çuqur öylangan taşqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya bundan buyon ham davom ettiriladi.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlari va şeriklik aloqalarini mustahkamlab boriş ustuvor yönalişlaridan biri bölib qoladi.

Özbekiston Rossiya, Xitoy, AQŞ, şuningdek, Yevropa, Janubiy Osiyo, Osiyo-Tinç okeani va Yaqin Şarq davlatlari bilan köp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqmoqda.
Prezident taʼkidlaganidek, biz dunyoga, dunyo esa bizga oçiq bölişi kerak – bu bugungi taraqqiyotning asosiy talabi. Özbekiston Respublikasi Taşqi siyosiy faoliyati kontseptsiyasi yangi tahrirda qabul qilinadi.

Mintaqaning ajralmas qismi sifatida qaralayotgan Afğonistondagi vaziyatning tartibga solinişini davlat rahbari xavfsizlikni taʼminlaşning eng muhim omili, deb atadi. Özbekiston yaqin qöşni bölgan uşbu mamlakatda iqtisodiy va gumanitar inqirozga yöl qöymaslik, tinçlik örnatilişiga kömaklaşiş uçun xalqaro hamjamiyat bilan keng kölamli hamkorlikka tayyor, dedi Prezident.
Özbekiston yetakçisi yangi tayinlangan elçilar vakillik qilayotgan mamlakatlar bilan keng kölamli va uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollariga töxtalib ötdi.

Latviya Özbekistonning Yevropadagi işonçli va muhim şerigi bölib, uzoq yillardan buyon mamlakatning Boltiq va Skandivaniya bozorlariga çiqişida kömaklaşib kelmoqda.
Davlatlar örtasida anʼanaviy döstona va özaro manfaatli munosabatlar qaror topgan. Latviya Respublikasi xalqaro taşkilotlar va Yevropa Ittifoqi doirasida mamlakatni doimo qöllab-quvvatlab kelmoqda.

Şu bilan birga, hamkorlikni rivojlantiriş uçun hali işga solinmagan katta imkoniyatlar mavjud. Ikki mamlakat örtasidagi savdo munosabatlarning salohiyatidan samarali foydalaniş, transport, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, töqimaçilik sanoati, turizm sohalarida qöşma loyiha va dasturlarni faol ilgari suriş zarurligi taʼkidlandi.
Latviya yuqori darajadagi delegatsiyalarining 2022 yilga rejalaştirilgan Özbekistonga taşriflari hamkorlikni kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar oçadi.

Özbekiston yetakçisi Vengriya bilan köp asrlik tarixiy yaqinlik va ikki xalqning qardoşlik riştalariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlar keyingi yillarda izçil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Vengriya Boş vaziri Viktor Orbanning joriy yil mart oyidagi Özbekistonga taşrifi davomida Özbekiston-Vengriya hamkorligi strategik şeriklik darajasiga kötarildi.
Ikki mamlakat yetakçilari örtasidagi konstruktiv muloqotning davom ettirilişi davlatlararo munosabatlarning yanada rivojlanişiga xizmat qilişiga işonç bildirildi.

Sönggi yillarda özaro tovar ayirboşlaş hajmi ikki barobarga oşdi. Vengriyaning yetakçi kompaniyalari bilan birgalikda qöşma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Hududlararo hamkorlik mexanizmi yaratildi. Joriy yil iyun oyida ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari rektorlarining birinçi forumi muvaffaqiyatli ötkazildi. Sentyabr oyidan boşlab Vengriya oliy taʼlim dargohlarida “Xungarikum” dasturi doirasida özbekistonlik talabalar tahsil ola boşladi.

Qişloq xöjaligi, çorvaçilik, maşinasozlik, farmatsevtika, logistika, turizm kabi muhim sohalarda hamkorlikni kengaytiriş zarurligi qayd etildi.
Ulkan xalqaro nufuz va salmoqli iqtisodiy salohiyatga ega Frantsiya Özbekistonning Yevropa Ittifoqidagi muhim şeriklaridan biridir.
2018 yil oktyabrda Frantsiyaga amalga oşirilgan oliy darajadagi rasmiy taşrif hamda joriy yil avgust oyida Prezident Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqotlar Özbekiston-Frantsiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlaşga xizmat qildi.

Özbekistonda Frantsiya kompaniyalari bilan birgalikda qator özaro manfaatli loyihalar amalga oşirilmoqda. Jizzax viloyatida “Renault” avtomobillarini işlab çiqariş, “EDF” bilan birgalikda energetika obʼektlarini, “Veolia” iştirokida kommunal infratuzilmani modernizatsiya qiliş, “Total Eren” bilan hamkorlikda quyoş elektr stantsiyasini quriş şular jumlasidan.
Özbekiston Prezidenti mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy loyiha va dasturlarni amalga oşirişga kömaklaşayotgan Frantsiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni yuqori baholadi.

Mamlakat innovatsiya, qişloq xöjaligi, aviasozlik, toğ-kon sanoati, tibbiyot, taʼlim va turizm sohalarida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşiriş, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirişdan manfaatdor ekani taʼkidlandi. Qayd etilganidek, 2022 yilda Luvr muzeyida Özbekiston madaniy merosiga bağişlangan körgazma ötkaziladi.
Davlat rahbari Frantsiyaning 2022 yilning birinçi yarmida YEI Kengaşiga raisligi davrida Özbekistonning Yevroittifoqqa aʼzo mamlakatlar bilan köp tomonlama aloqalari yanada mustahkamlanişiga işonç bildirdi.
Saudiya Arabistoni nafaqat arab-musulmon olamida, balki butun dunyoda katta nufuzga va moliyaviy-iqtisodiy salohiyatga ega bölib, Özbekistonning muhim hamkoridir.

Ikki muqaddas masjid xodimi, Podşoh Salmon Ol Saud va Valiahd Muhammad Ol Saud bilan uçraşuvlar ikki tomonlama munosabatlar rivojiga qöşimça surʼat bağişladi, dedi Prezident.
Taşqi işlar vaziri şahzoda Faysal va Investitsiya vaziri Xolid al-Falihning joriy yilda mamlakatga amalga oşirgan taşriflari Özbekiston-Saudiya hamkorligini kengaytiriş va mustahkamlaşga muhim hissa qöşdi.
Prezident mamlakat hududlarida Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda energetika sohasida yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişga Saudiya taraqqiyot jamğarmasi ham salmoqli moliyaviy kömak körsatib kelmoqda.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, Saudiya kompaniyalari bilan yangi loyihalarni ilgari suriş muhim ekani taʼkidlandi.

Işonç yorliqlarini topşiriş marosimi yakunida Özbekiston Prezidenti xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlariga ularning Özbekiston Respublikasi bilan döstlik riştalari va köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş yölidagi masʼuliyatli va şarafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Diplomatlar samimiy qabul va samarali faoliyatiga yaratilgan şaroitlar uçun minnatdorlik bildirib, özaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirişga bor kuç-ğayrati, bilimi va professional tajribasini qaratişlarini qayd etdilar.












