Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 50 mlrd dollarga yaqinlaşdi

Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 50 mlrd dollarga yaqinlaşdi

Joriy yilning 1 iyun holati böyiça Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 49 mlrd 665 mln dollarni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida keltirilgan.

Unga köra, yil boşidan buyon Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8 mlrd 483 mln dollarga köpaygan va 20,6 foiz ösişni qayd etgan. Şu tariqa bu ösiş ketma-ket 5-oy davom etmoqda. Xususan, aprel oyi bilan soliştirganda bu körsatkiç 410,2 mln dollarga yoki 0,83 foizga oşgan. Şuningdek, Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2013 yildan (22 mlrd 408 mln dollar) beri kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori körsatkiçga yetdi.

Şu bilan birga, hisobotga köra zaxiralardagi oltin miqdorining fizik hajmi biroz kamaygan va 11,4 troya untsiyani (353,85 tonna) taşkil etgan. Şunga qaramay, qimmatbaho metall narxining kötarilişi ortidan uning narxi 2,2 million dollarga oşib, 37,65 milliard dollar yetgan.


×