Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord körsatkiçga yetdi

Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord körsatkiçga yetdi

Oktyabr oyida Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bankning xalqaro zahiralarga doir statistikasida qayd etildi.

Unga köra, joriy yilning 1 noyabr holatiga mamlakat zaxiralari bir oyda 2 mlrd AQŞ dollaridan köproqqa oşgan va 43,14 mlrd AQŞ dollarini taşkil etgan.

Bunga asosiy sabab sifatida oltin zaxiralarining davom etayotgan ösişi bilan boğliq böldi. Yaʼni, uning qiymati ham rekord körsatkiçni – 33,36 mlrd AQŞ dollarini (ötgan oyga nisbatan 1,5 mlrd AQŞ dollariga köp) taşkil qilgan.

Öz navbatida, zaxiralarning sof hajmi 12 mln troya unsiyada (373 tonnadan ortiq) özgarişsiz qolmoqda.

Erkin konvertatsiya qilinuvçi valyutadagi aktivlar hajmi sezilarli darajada oşib, oktyabr oyi oxirida 9,22 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi.

Markaziy bankning xorijiy hisobvaraqlaridagi naqd valyuta hajmi 445,5 mln AQŞ dollariga oşib, 9,11 mlrd AQŞ dollariga yetdi. Şundan 414,4 mln AQŞ dollari boşqa Markaziy banklar va XVFda, qolgan 8,67 mlrd AQŞ dollari esa boşqa xorijiy moliya institutlarida saqlanadi.

Bundan taşqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qoğozlar narxi bir oy içida deyarli uç baravar oşib, 100 mln AQŞ dollaridan oşdi.

Markaziy bankning öz maʼlumotlariga köra, uçinçi çorakda tartibga soluvçi organ tomonidan oltin xaridi 12 foizga ösgan. Öz navbatida, Jahon oltin kengaşi (WGC) Özbekistonning qimmatbaho metalni sotişdan uni sotib olişga ötganini taʼkidlagan.


Teglar:
×