1 may holatiga köra, Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,9 mlrd dollarni taşkil qiladi. Bu rekord körsatkiçdir.
Zaxiralar asosan oltin va xorij valyutadan iborat. Aprel oyida ikkalasi ham ösdi:
- oltin — 0,4 milliard dollarga (umumiy 13,5 milliard dollar);
- valyuta – 0,5 mlrd dollarga (umumiy 21,3 mlrd dollar).
Özbekiston zaxiralarida 11,1 million troya untsiya oltin bor. Bu taxminan 345 tonnani taşkil etadi.
Oltin zaxiralari nima uçun kerak?
Oddiy til bilan aytganda, bu suğurta, davlatning «xavfsizlik yostiği». Zaxiralar dunyoning deyarli barça mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar uçun mavjud.
Zaxiralar odatda yuqori likvidli, yaʼni tez sotiladigan aktivlarda saqlanadi. Oltin va xorijiy valyuta uşbu talablarga javob beradi — ulardan istalgan vaqtda qarz tölaş yoki investitsiyalar uçun foydalaniş mumkin.
2017 yilgaça Özbekiston zaxiralari töğrisidagi maʼlumotlar jamoatçilikka eʼlon qilinmas edi. Öşa yilning noyabr oyida zaxiralar 26 milliardni taşkil etişi maʼlum bölgan. Öşandan beri ular deyarli 10 milliard dollarga ösgan.
Zaxiralardan qanday maqsadlarda foydalaniş mumkin va örni qanday töldiriladi?
Zaxiralardan turli mamlakatlarda turliça foydalaniladi. Bu odatda tölov balansi taqçilligini moliyalaştiriş, valyuta bozorida intervensiyalar ötkaziş, milliy valyuta kursini uşlab turiş, taşqi qarzlarni qoplaş va hokazolarni öz içiga oladi.
Zaxiralar mamlakatda qazib olingan oltin, xalqaro bozorga qimmatli qoğozlar çiqarilişi, savdo balansi profitsiti va boşqalar hisobiga töldiriladi.
Masalan, Özbekistonda zaxiralar, jumladan, OKMK yoki NKMK tomonidan qazib olingan oltin hisobiga töldiriladi. Oltin çetga sotilganda mamlakatdagi zaxiralar ham kamayadi.
35,9 milliard dollar — bu köpmi yoki kam?
Rivojlanayotgan mamlakatlarga, şu jumladan, Özbekistonga ham xalqaro taşkilotlar uç oylik importni moliyalaştiriş uçun yetarli bölgan zaxiralarni saqlaşni tavsiya qiladi.
35,9 milliard dollar hozir Özbekistonga 20 oydan ortiq importni moliyalaştiriş uçun yetarli. Bunday körsatkiç işonçli hisoblanadi.









