Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamayib boryapti

Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamayib boryapti

Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket törtinçi oydirki, pasayişda davom etmoqda. 1 avgust holatiga köra, mamlakat zaxiralari 71,8 mln dollarga kamayib, 33,6 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumot berdi.

Jumladan, valyuta aktivlari miqdori 14,9 mln dollarlik kamayiş bilan 9,6 mlrd dollarni taşkil qildi.

Özbekiston oltin zaxiralari qiymati ötgan oyga nisbatan 67,1 mln dollarga qisqarib, 23,02 mlrd dollarga tuşdi.

Iyul oyi davomida oltinning fizik hajmi ham 12,1 mln troy untsiyadan 11,8 mln troy untsiyaga kamaygan.

Maʼlumot örnida, iyunda qimmatbaho zaxiralar hajmi 650 mln dollarga kamayib, 33,7 mlrd dollarni taşkil etgandi. May oyida Özbekiston xorijga 11 tonna oltin sotib, qimmatbaho metall savdosi böyiça dunyoda ikkinçi öringa çiqib olgandi.

Iyul oyidagi kamayiş esa mamlakat zaxiralarining ketma-ket törtinçi oyda ham qisqarişi hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, ötgan oyda Markaziy bank Özbekistonning xalqaro valyuta zaxiralariga oid maʼlumotlarni yangilagandi. Unga köra, Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oxirgi 3 oyda 1,7 mlrd dollarga kamayib, 33,72 mlrd dollarni taşkil qilgan.


×