Markaziy bank Özbekistonning xalqaro valyuta zaxiralariga oid maʼlumotlarni yangiladi. Unga köra, Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oxirgi 3 oyda 1,7 mlrd dollarga kamayib, bugungi kunda 33,72 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.
Bu esa 1 iyul holatiga köra, zaxiralar yil boşidan buyon qayd etilgan eng minimum qiymatga tuşganini anglatadi. Yaʼni zaxiralar ötgan oyga nisbatan deyarli 650 mln dollarga, sönggi 3 oyda esa 1,68 mlrd dollarga kamaygan.

Markaziy bank hisoboti
Oltin-valyuta zaxiralari özi nima?
Oltin-valyuta zaxiralari davlatning oltin va boşqa mamlakatlar valyutalaridagi rasmiy zaxirasidir. Ular davlatning yuqori likvidligi (qarzni qoplaş uçun foydalaniladigan qimmatbaho narsalar) bilan ajralib turuvçi aktivlari bölib, davlat ğaznasi va markaziy banklari, zaxira tizimlari tomonidan nazorat qilinadi.Oltin-valyuta zaxiralari:
• quyma oltin, tanga, platina, palladiy, kumuş kabi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlardan;
• davlatlaro miqyosda zaxira valyutasi sifatida tan olingan xorijiy pul vositalaridan – AQŞ dollari, yevro, şveytsar franki, yapon iyenasi, funt-sterlingdan;
• Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) çiqaradigan naqdsiz pul birliklaridan taşkil topadi.
Oltin-valyuta zaxirasining mamlakat iqtisodiyotidagi örni qanday?
Zaxiralar mamlakatning “xavfsizlik yostiği” hisoblanadi. Ular taşqi taʼsirlarga, favqulodda holatlarga, makroiqtisodiy xatarlarga qarşi va rivojlaniş uçun moliyalaştirişda bufer sifatida zarur bölib, zaxiralarning yetarliligi bevosita uşbu şoklarning xususiyatiga boğliq.
Mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi esa işlab çiqarilgan tovar va xizmatlarni sotişdan kelib tuşgan xorijiy valyuta aktivlari hisobiga köpayib boradi.
Ammo bu pul birliklari moddiy jihatdan mavjud bölmaydi. Bu vositalar hukumatning maxsus hisoblarida yozilgan böladi va ulardan xalqaro qarzlarni uzişda, davlatlar örtasidagi hisob-kitoblarda va XVJ bilan özaro aloqalarda foydalaniladi.
Ayniqsa, oltin-valyuta zaxirasining inflyatsiyani uşlab turişda, milliy valyutani moliya bozorida qöllab-quvvatlaş uçun valyuta sotib olişdagi ahamiyati katta. Masalan, mamlakatda xorijiy valyutalarning kursi oşib ketsa, zaxira evaziga xorijiy valyutalar sotib olinadi va milliy valyutaning qiymati uşlab turilişi hisobiga inflyatsiyaning oldi olinadi.
Maʼlumot uçun, Özbekistonda xorijiy valyutalarning kursi hamon kötarilmoqda. Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan eʼlon qilingan 10 iyul kuni amalda böladigan xorijiy valyutalarning özbek sömiga nisbatan qiymatiga köra, mamlakatda dollarning rasmiy kursi 17,03 sömga oşib, 11 570,09 sömni, yevro kursi 40,48 sömga kötarilib, 12 589,41 sömni, Rossiya rubli esa 1,76 sömga balandlaşib, 126,52 sömni taşkil etmoqda.
Oltin-valyuta zaxirasiga qöyilgan talablar qanday?
Oltin-valyuta zaxiralari qator talablarga javob bera olişi lozim. Bunda ulardan har qanday sohada foydalaniş imkoniyati bölişi kerak. Oltin-valyuta zaxiralari oson joylaştirilişi hamda oson qaytarib olinişi ham kerak.
Qolaversa, oltin-valyuta zaxiralari mamlakatning muomaladagi pul miqdoridan sezilarli darajada köproq bölişi kerak. Bu zaxiralar taşqi qarzlarni qaytarişga va xalqaro talab – uç oy davomida import mahsulotlarni olib kirişga yetişi lozim.
Şunday bölsada, katta miqdordagi oltin-valyuta zaxiralariga ega bölgan yirik davlatlar deyarli heç narsani xorijiy banklar hisob raqamlarida saqlamaydi. Ular pul vositalari mamlakat içida bölişini va işlaşini maʼqul köradi.
Eng köp oltin-valyuta zaxiralariga ega bölgan davlatlar esa Jahon oltin taşkilotining (World Gold Counsil) 2023 yilgi reytinggiga köra, Xitoy, Yaponiya, Şveytsariya, Yevropa Ittifoqi, Saudiya Arabistoni, Tayvan, Rossiya, Gongkong, Janubiy Koreya, Hindiston, Braziliya va Singapurdir. Uşbu röyxatda Özbekiston öz oltin-valyuta zaxiralari bilan 66-örinda turibdi.

World Gold Counsil
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston oltin sotiş böyiça dunyoda 2-örinni olgani haqida xabar bergan edik.









