Ertaga, 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionati saralaşining sönggi uçraşuvida Qatarga qarşi maydonga tuşadi. Uşbu öyinga çiptasi bor muxlislardan maksimal ertaroq stadionga keliş söralmoqda. Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bu haqda murojaat bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, mazkur öyin oldidan Jahon çempionati yöllanmasi qölga kiritilgani munosabati bilan bayram tadbiri taşkil etiladi. Şu sababli mazkur uçraşuvga çipta olgan barça işqibozlardan stadionga maksimal ertaroq kelib, öz joylarini egallaşlari söraladi. Stadion muxlislar uçun uçraşuv boşlanişidan 3 soat oldin (15:45) da oçiladi.
“Öyin tugagaç, tarixiy natija qayd etib, xalqimizni xursand qilgan milliy terma jamoamiz aʼzolarini taqdirlaş marosimi ötkazilişi rejalaştirilgan”, deyiladi xabarda.









