Afğoniston Mudofaa vazirligi Özbekiston va Tojikistonda afğon uçuvçilari olib ötgan vertolyotlarni qaytarişni yana bir bor söradi.
Afğoniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Inayatulloh Xvarazamiyning aytişiça, Kobul yaqin orada vertolyotlarni olib ketadi.
"Vertolyotlar afğon xalqining mulki. Ularni amaldagi hukumatga, Mudofaa vazirligiga qaytariş kerak. Albatta, ularning öz fikrlari bor, lekin haqiqat şundaki, bu Afğoniston xalqi bilan boğliq", dedi Inayatulloh.
Ayni paytda, ayrim tahlilçilar Afğoniston xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagunça, bu vertolyotlarni olişning imkoni yöqligini aytmoqda.
"Mamlakatdan olib çiqib ketilgan vertolyotlarga kelsak, bir qator masalalar bor. Birinçidan, bu vertolyotlarning hujjatlari Afğonistonga aloqadorligiga işonçim komil emas", dedi Afğonistonning Tojikistondagi sobiq diplomati Fahim Kohdamaniy.
"Özbekiston va Tojikiston davlatlariga bu vertolyotlarni amaldagi hukumatga topşirişga ruxsat yöq", deydi harbiy ekspert Asadulla Nadim.
Afğoniston avvalroq respublika qulaganidan keyin avvalgi hukumat harbiylari 40dan ortiq afğon vertolyotlarini Tojikiston va Özbekistonga topşirganini tan olgan edi. Islom Amirligi bu davlatlardan vertolyotlarni Afğonistonga qaytarişni doimiy ravişda talab qilib keladi.









