Smartfonlar mustahkamligi böyiça sinovdan ötkazilganida “Samsung Galaxy S22” maksimal 10 ballik bahodan 10 ball töpladi. “Ötda yonmaydigan, suvda çökmaydigan” darajada emas-u, lekin raqobatçilari içida baquvvatroq ekanligi aniqlandi.
“Galaxy S22” trem-testning barça talablariga javob berdi. Avvalo suvga çidamliligi tekşirildi. Ekran suvga taʼsirçanligini körsatdi, lekin içi quruq turgani jihatidan işonçni oqladi.
Keyingi sinovlarda himoya oynasi bardoşli ekanligini isbotladi. Ekrandagi tirnalişlar va barmoq izlari skanerning işlaşiga xalaqit bermaydi. Smartfonning nafaqat ramkasi, balki tugmaçalari va kamera bloki ham metalldan yasalgan.
Telefon apparatini ehtiyot qilolmaydiganlar, tuşirib yuboradigan odati borlar, yoş bolali onalar uçun uşbu smartfon – töğri tanlov.









