Germaniyada 10 soniya keçikkan samolyotning qönişiga ruxsat berilmadi

Germaniyada 10 soniya keçikkan samolyotning qönişiga ruxsat berilmadi

Germaniyada 220 dan ortiq yölovçisi bölgan Condor aviakompaniyasiga tegişli reys atigi 10 soniyalik keçikiş sababli Myunxen aeroportiga qönişga ruxsat ololmadi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Samolyot Palma-de-Malorka (Ispaniya) – Myunxen (Germaniya) yönalişida uçib, 00:30 dan oldin qönişi kerak bölgan. Ammo yarim tunda qöniş taqiqlanadigan vaqt çegarasini 10 soniyaga buzgani sababli aeroport unga qönişga ruxsat bermagan.

Germaniya şahriga yaqinlaşgan va allaqaçon şassilarini oçgan samolyot uçuvçisi kutilmagan bayonot bilan çiqqan.

“Biz qönişni töxtatamiz. 10 soniya keçikkanimiz sababli tungi qöniş ruxsatimiz bekor qilindi”, degan u.

Şundan söng samolyot Belgiya çegarasiga yaqin joylaşgan Xan aeroportiga yönaltirilgan. U yerdan yölovçilar avtobusda ikki soatdan ortiq yöl bosib, Frankfurtga olib borilgan va Frankfurtdan yana Myunxenga qayta uçgan.

“Atigi 10 soniya tufayli men 12 soatlik azobli safarga tuşib qoldim. Bu yerda byurokratiya soğlom fikrni yengdi”, deydi fotojurnalist Daniel Şaringer.

Bavariya Transport vazirligiga köra, qöniş uçun oldindan ruxsat berilgan bölsa-da, keçikişdan keyin yuborilgan ruxsatni uzaytiriş sörovi qabul qilinmagan, çunki u reys havoda bölgan paytda kelib tuşgan.

Maʼlumot uçun, bu Germaniyadagi qatʼiy tungi aviatsiya qoidalari fonida yuz bergan holat bölib, Myunxen aeroportida 00:30 dan keyin samolyotlar qönişi taqiqlanadi. Oldindan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.


×