Endi Germaniyada viza ololmaganlar şikoyat qilolmaydi

Endi Germaniyada viza ololmaganlar şikoyat qilolmaydi

Joriy yilning 1 iyul kunidan boşlab Germaniya hukumati tomonidan mamlakatning vizasini berişdan boş tortilgan hollarda apellyatsiya (şikoyat) beriş tartibi butun dunyo böyiça bekor qilindi. Bu haqda Germaniya Taşqi işlar vazirligining saytida eʼlon qilindi.

Endilikda vizasi rad etilgan murojaatçilar faqat ikkita yöl bilan murojaat qiliş imkoniyatiga ega – yangi viza uçun ariza topşiriş yoki Berlin maʼmuriy sudiga murojaat qiliş.

Bu tartib ilgari majburiy emas, ixtiyoriy asosda taqdim etilgan bölib, huquqiy jihatdan majburiy bölmagan. Uşbu qaror Germaniyaning köplab konsulliklarida 2023 yil 1 iyundan boşlab amalga oşirilgan sinov loyihasi natijalariga asoslanib qabul qilingan. 

Uşbu loyiha davomida ham şengen, ham milliy vizalar uçun apellyatsiyasiz tartib joriy qilinib, bu usul murojaatlarning köproq sonini körib çiqişga imkon bergani va vizalar böyiça javob oliş muddatini qisqartirgani aniqlangan.

Germaniya Taşqi işlar vazirligi bergan maʼlumotga köra, 2024 yilda elçixonalar taxminan 2 millionta viza arizasini körib çiqqan bölib, ularning 485 mingtasi Germaniyada uzoq muddatli yaşaş uçun milliy vizalar bölgan. Bu körsatkiç 2023 yilga nisbatan 7 foizga, 2019 yil, yaʼni COVID-19 pandemiyasidan oldingi davrga qaraganda esa 26 foizga köp degani.


Teglar:
×