Taksi haydovçilari hozirça yölovçilarni taşişlari mumkin emas. Bu haqda Özbekiston IIV YHXBB Matbuot xizmati maʼlum qildi.
“Yetkaziş xizmatlarini körsatadigan taksi avtomobillariga hozirça yölovçi taşişga ruxsat berilgani yöq, lekin Toşkentdagi baʼzi haydovçilar ham yetkazib beriş, ham yölovçi taşiş bilan şuğullanişmoqda”, deyiladi boş boşqarma xabarida.
YPX inspektori Akbar Hakimov rolikda aytişiça, 30 aprel kuni Toşkentdagi Mahtumquli köçasida Nexia haydovçisi töxtatilgan. Unda yetkazib beriş xizmatlariga ruxsat beruvçi hujjatlar bölgan, lekin avtomobilda yölovçi bölgan.
Şaxsiy va xizmat yengil maşinalari harakatlanişi mumkin bölgan vaqt oraliğida (soat 07:00 dan 10:00 gaça va 17:00 dan 20:00 gaça) taksilar ham yölovçilarni taşişi mumkin ekanligi haqida xabar berilgandi. 30 aprel kuni yölovçi taşiş xizmati tiklanganligi haqida MyTaxi ham xabar bergandi.
Adliya vazirligi va Koronavirus info Telegram-kanali orqali tarqatilgan xabarlarda 30 apreldan boşlab fuqarolarga iş joyiga borib kelişi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi navbatda zarur bölgan mahsulotlarni xarid qiliş uçun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar barça turdagi şaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yölovçilar bilan birga) harakatlanişga ruxsat berilganligi haqida maʼlumot eʼlon qilingandi.









