Berlin, Gamburg, Şimoliy Reyn-Vestfaliya, Bavariya kabi Germaniyaning köplab hududlarida bugungi kunda oçiq havodagi qabriston qahvaxonalari faoliyat yuritmoqda va ular ommalaşmoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Bavariyaning Fyurt şahar qabristonidagi qahvaxona olti yildan beri işlab kelmoqda. Loyiha taşkilotçisi Leander Virt qayta jihozlangan yuk velosipedidan taşrif buyuruvçilarga qahva va piroglar tarqatadi. Mehmondorçilik uçun faqat ramziy xayriya söraladi.

“Biz uçraşuvlar uçun imkoniyatlar yaratişni xohlaymiz. Qabriston esa buning uçun birinçi qaraşda tuyulişi mumkin bölganidan köra yaxşiroq mos keladi. Bu yerda vaqt sekinroq oqadi. Baʼzilar yaqinlarining qabrlarini parvariş qilayotgan bir paytda, boşqalar xiyobonlar böylab sayr qilişadi, bolalar esa kuzgi barglarni yiğişadi. Yaqinlarini yöqotişni boşdan keçirayotgan, yolğizlikni his qilayotgan köplab taşrif buyuruvçilar uçun bunday uçraşuvlar juda muhim”, deydi Virt.
Sotsiologlarning bildirişiça, bunday qahvaxonalar ommaviyligining ortişi jamiyatda qabristonlarning qabul qilinişi özgarayotgani bilan ham boğliq. Agar ilgari ular faqat motam joylari sifatida qaralgan bölsa, bugungi kunda tobora köproq jamoat joylariga: yaşil hordiq çiqariş hududlariga, ekologik va madaniy taşabbuslar maydonçalariga hamda uçraşuv maskanlariga aylanib bormoqda.

Odatda oçiq havodagi qahvaxonalar faqat yilning issiq faslida işlaydi. Biroq uşbu mavsumda ularning baʼzilari ilk bor sovuq tuşişi bilan yopilmaslikka qaror qilgan. Taşkilotçilarning işonişiça, qisqa kuzgi va qişgi kunlarda odamlar uçun muloqot qiladigan joyga ega böliş ayniqsa muhim.









