Farğonada tomorqasida 450 tup köknori ekkan onaxon uşlandi

Farğonada tomorqasida 450 tup köknori ekkan onaxon uşlandi

Farğona viloyati Buvayda tumanida tomorqasida 450 tup köknori ekkan 67 yoşli onaxon uşlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Buvayda tumani IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbir davomida 1958 yilda tuğilgan Buvayda qişloğida yaşovçi ayolning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilganda tomorqasida 450 tup köknori ösimligini parvarişlab kelayotgani aniqlangan. 

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (Taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. 


×