Farğonada maktabning yoşlar yetakçisi pora bilan uşlandi

Farğonada maktabning yoşlar yetakçisi pora bilan uşlandi

Farğona viloyati Buvayda tumanidagi umumiy örta taʼlim maktablarining birida yoşlar yetakçisi pora bilan uşlandi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.

Buvayda tumanidagi umumiy örta taʼlim maktablarining birida yoşlar yetakçism lavozimida faoliyat yurituvçi fuqaro unga murojaat qilgan kişining qizini  2 ming AQŞ dollari evaziga Namangan davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport yönalişiga öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilgan.  

Lekin bu fuqaro Özbekiston Boş prokuraturasiga holat yuzasidan murojaat qilgan. Natijada gumonda bölgan yoşlar yetakçisi voqea joyida daliliy aşyolar bilan uşlangan. Gumonlanuvçi agar abituriyent öqişga kira olmasa bu pullarni qaytarib bermoqçi bölganini bildirgan. 

Holat yuzasidan  Farğona viloyat IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.

×