Namangan viloyatining Uçqörğon tumanida aholiga imtiyozli narxda tarqatişga möljallangan 623,7 tonna kömir talon-toroj qilindi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, ayni kunlarda davlat tarqatayotgan kömirning aholiga yetib borişi yuzasidan prokuratura organlari tomonidan nazorat tadbirlar ötkazilmoqda.
Xususan, “Kömir taʼminot” masʼuliyati çeklangan jamiyatining Namangan viloyat filiali tasarrufidagi Uçqörğon tumani kömir omborida ötkazilgan suriştiruv jarayonida uşbu mahsulotning talon-toroj qilinişi bilan boğliq holat aniqlangan.
Unga köra, Uçqörğon tumani kömir ombor mudiri U.N. kuz-qiş mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatişga möljallangan 623,7 tonna kömirlarni talon-toroj qilib, mablağlarni öz şaxsiy manfaatlari yölida işlatib yuborgan.
U.N. mazkur jinoyat işi doirasida prosessual tartibda uşlan bölib, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Farğona viloyatining Buvayda tumanida sodir bölgan holatda esa ombor mudiri A.I. 413,8 million sömlik 1 tonna 364,3 kilogramm kömirni göyoki fuqarolar olganligi töğrisida soxta maʼlumotlar tayyorlab, uni naqd pulga sotgani va pul mablağlarini öz şaxsiy manfaatlari yölida sarflab yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan ombor mudiriga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, uşbu şaxs ham prosessual tartibda uşlangan.
“Uşbu yönalişda nazorat tadbirlari davom etmoqda”, deya qöşimça qilgan Boş prokuratura.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida 362,3 million sömlik, Buloqboşi tumanida 178,3 million sömlik, Jalaquduq tumanida esa 421,7 million sömlik kömir talon-toroj qilingani haqida xabar berilgan edi.









