Farğona şahrida joylaşgan tuğruqxonalardan birida işlab kelayotgan şifokor, akuşer-ginekolog Farğona şahar içki işlar faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Uç nafar (bir qiz va ikki yigit) ösmir göyoki uning iş faoliyatida yöl qöygan kamçiliklarini internet orqali ommaga xabar qilişini va uning özini yöq qilib yuborişlarini aytib qörqitgan. Bu işlarni qilmasliklari uçun esa undan köp miqdorda pul talab qilgan. Bu haqda Farğona viloyati IIB matbuot xizmati «Daryo»ga xabar qildi.
Uni tungi soat 12 larda Rişton tumanidagi xilvat joyga olib borib, ham ruhan, ham jismonan azob berişgan. Şifokorni kaltaklab, uning yonidagi barça moddiy boyliklarini olib, özini esa Oltiariq tumanidan ötuvçi magistral yöl yoqasiga taşlab ketişgan.
Tezkor qidiruv-suriştiruv işlari natijasida bezorilar qölga olindi va tortib olingan moddiy boyliklar aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi. Mazkur jinoyatni sodir etgan şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (Bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olindi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









