Avvalroq, Toşkent–Şarja reysi bilan Jahon çempionati saralaşi doirasidagi Özbekiston–Birlaşgan Arab Amirliklari örtasidagi öyinni tomoşa qiliş uçun BAAga ketgan 100 dan oşiq özbekistonliklar Şarja aeroportida uşlab turilayotgani xabar qilingandi. Uşbu fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş uçun barça çora-tadbirlar körilmoqda. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov maʼlum qildi.
“BAAdagi turli aeroportlar orqali mamlakat hududiga kirib kelayotgan xorijliklarning, şu jumladan Özbekiston fuqarolarining tekşiruvlari çözilib ketayotgan holatlarni alohida monitoring qilib bormoqdamiz”, deya yozadi u.
TIV sözlovçisiga köra, özbekistonliklarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş uçun barça çora-tadbirlar körilayotgani, Özbekistonning Abu-Dabi şahridagi elçixonasi hamda Dubay şahridagi Boş konsulxonasi BAAning tegişli taşkilotlari bilan uşbu masalada zudlik bilan muzokaralar ötkazgan va vaziyatni yaxşilaş böyiça doimiy aloqada bölib turibdi.
BAA tomoni maʼlumotlariga köra, mamlakatda turli xalqaro tadbirlar munosabati bilan xavfsizlik çoralari kuçaytirilgani sababli aeroportlarda tekşiruv vaqtlari çözilib ketmoqda.
“Hozirda fuqarolarimizni tezlik bilan tekşiruvdan ötkaziş uçun barça imkoniyatlar safarbar etilgan va natijada ular mamlakat hududiga kirib kelişni boşlagan”, deya yozgan u.









