«Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi» DUK 23 may kuni taxminan soat 20:30larda Toşkent teleminorasini çaqmoq urgani va teleminora bayroği yonişi aks etgan video böyiça rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahridagi kuzatilgan noqulay ob-havo şaroiti vaqtida teleminoraga töğridan töğri çaqmoq uriş hodisasi sodir bölmagan, video olingan rakursdan çaqmoq urgani qayd etilgan bölsa-da, aslida çaqmoq sodir bölişi teleminoradan maʼlum bir masofada bölib ötgan.
“Toşkent teleminorasining bayroği yongan video ham yolğon xabar bölib, teleminora bayroği past qismidagi ogohlantiruvçi qizil çiroqlar şuʼlasi bayroqqa tuşib uşbu holatni aks ettirgan”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, Toşkent teleminorasi kuçli çaqmoq urişiga qarşi himoya tizimi va yerga ulaniş konturlari bilan taʼminlangan bölib, çaqmoq uriş xavfidan töliq himoyalangan.
Bugungi kunda Toşkent teleminorasida barça texnik qurilmalar barqaror işlayotgani va aholiga teleradiodasturlar uzluksiz tarqatib kelinayotgani aytilgan.









