Özbekiston Prezidenti Matbuot xizmati Şavkat Mirziyoyevning safari böyiça rasmiy maʼlumot berdi. Unga köra, davlat rahbari 11-12 noyabr kunlari Turkiya Respublikasida taşrif bilan böladi.
Bölajak oliy darajadagi uçraşuv kun tartibidan Kengaş doirasidagi köp qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, “yaşil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almaşinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş masalalari örin olgan. Taşkilot faoliyatini yanada takomillaştiriş masalalari ham körib çiqiladi.
Sammit yakunida hamkorlik samaradorligini oşiriş va ustuvor yönalişlarda köp tomonlama şeriklikni mustahkamlaşga qaratilgan qöşma hujjatlar qabul qilinişi kutilmoqda.
Davlat rahbari taşrifi dasturida Istanbul şahrida qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilişi ham közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, kuni keça Prezidentlar Ilhom Aliyev va Şavkat Mirziyoyev örtasida keçgan telefon orqali muloqotda ham Prezidentlar Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining kutilayotgan sammiti xususida fikr almaşganlar. Şuningdek, joriy yilning 5 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va bugun, 8 noyabr kuni Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning qabulida bölgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi Boş kotibi Bağdod Amriyev Prezidentlar bilan joriy haftada ötadigan sammit borasida suhbatlaşgan.
Maʼlumot örnida, Özbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga 2019 yilning sentyabr oyida aʼzo böldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev 2019 yilning oktyabr oyida Bakuda bölib ötgan sammitda iştirok etdi.
Markaziy Osiyo mintaqasida hal qiluvçi kuçga ega bölgan Özbekistonning Kengaşga aʼzo bölişi ortidan taşkilotning mavqei ham, imkoniyatlari ham ortdi. Öz örnida uşbu hamkorlik Özbekistonga ham foydali bölib bormoqda. Buni birgina 2018–2021 yillarda Özbekistonning Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Vengriya bilan tovar ayirboşlaş hajmi oşib borayotganida ham köriş mumkin.
2018 yilda Özbekistonning yuqoridagi 6 mamlakat bilan tovar ayirboşlaş hajmi 5 milliard 957 million dollarni taşkil etgan bölsa, 2019 yilda bu raqamlari 7 milliard 353 milliongaça kötarildi. Pandemiya özaro tovar ayirboşlaşga ança zarba yetkazgan bölsa ham 2020 yildagi ayirboşlangan tovarlarning umumiy qiymati 6 milliard 740 million 70 ming dollarga yetgan.
2021 yilning ötgan 9 oyi davomida esa 6 mamlakat bilan tovar ayirboşlaş hajmi 6 milliard 567 million AQŞ dollarini taşkil etmoqda. Yil yakunigaça uşbu raqamlar 8 milliardga yetişi ehtimoli yuqori.









