Özbekistonlik muxlislar 6 soatdan beri BAA aeroportidan çiqarilmayapti

Özbekistonlik muxlislar 6 soatdan beri BAA aeroportidan çiqarilmayapti

Toşkent–Şarja reysi bilan Jahon çempionati saralaşi doirasidagi Özbekiston–Birlaşgan Arab Amirliklari örtasidagi öyinni tomoşa qiliş uçun BAAga ketgan 100 dan oşiq özbekistonliklar Şarja aeroportida uşlab turilibdi. Bu haqda muxlislar orasidagi jurnalist Şohruh Haydarov maʼlum qildi.

Uning aytişiça, dastlab, ayollar va yoşi katta insonlarni ötkazişgan. Qolgan erkak va yigitlardan birinçi marta kelayotgani uçun anketa töldiriş, mehmonxona band qilgani haqida hujjat va qaytiş biletlari nusxasi söralgan.

Barçaning hujjatlari olib borilganda, aeroport xodimlari ulardan nusxa köçirib, şu bilan barça hujjatlarni olib kirib ketişgan va qaytib çiqişmagan. 


×